189
oʻqigan
dir
soʻzga qoʻshilib, ularga gumon
ma‘nosini yuklaydi.
INKOR YUKLAMASI
Gap mazmunidagi inkor ma‘nosini
uqtiruvchi yuklamalar inkor yuklamalari
sanaladi. Bunday yuklamalar qo‗llanganda,
gapning kesimi, asosan, inkor shaklida
bo‗ladi.
Inkor yuklamalari
Sof inkor yuklamalari
hech, sira, aslo
Vazifadosh inkor yuklamasi
na … na
8-misol. Inkor
yuklamalari ajratib koʻrsatilgan.
1. Yurmasman
hech behishtni izlab, Topolmasam, chekmasman alam.
(A.
Oripov) 2.
Hayratga tushmasman bu holdan sira, Dunyo, bu – quvg‗indi ohuday
yelar.
(A. Oripov) 3. Hayosizda or bo‗lmas,
aslo vafodor bo‗lmas.
(Qo„shiqdan) 4.
To‗rt mucham sog‗, do‗stlarim
bor havas qilgulik, Nolimayman
na kelajak,
na
o‗tmishimdan.
(A. Oripov) 5. Ayting-chi, mard odam
aslo o‗lurmi? Nomi qolar yurt
qo‗shig‗ida.
(Mirtemir) 6. Yurtim, senga she‘r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim
aslo.
(A. Oripov)
SOF VA VAZIFADOSH YUKLAMALAR
Faqatgina yuklama vazifasini bajaradigan
yordamchilar sof yuklamalar
sanaladi:
hatto, axir, gʻirt, faqat, aslo, -mi, -chi, -ku kabi.
Bir oʻrinda yuklama, boshqa oʻrinda bogʻlovchi vazifasini bajaruvchi
yordamchilar vazifadosh yuklamalar hisoblanadi:
ham, -u (-yu), -da, na … na kabi.
-u (-yu), -da yordamchilari o‗rniga
va bog‗lovchisini qo‗yish mumkin bo‗lsa,
bog‗lovchi
vazifasida, boshqa holatlarda yuklama vazifasida keladi. Masalan:
Qiz
erta-yu (va) kech soatga qaraydi, daqiqalar sanaydi. (bogʻlovchi) /
Majlis ertaga
qoldirilmaydi-yu. (yuklama)
Birrov kirdi-da, (va) chiqib ketdi. (bogʻlovchi) /
Nosir
oxun eski bo„lsa-da, ozoda libosda edi. (yuklama)
-da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda, ko‗pincha uning o‗rniga
ham
yuklamasini qo‗yish mumkin bo‗ladi. Masalan:
Choy qaynatib ichishni-da unutdi. /
Choy qaynatib ichishni ham unutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: