Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


SO„ROQ VA TAAJJUB YUKLAMALARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   310
 
SO„ROQ VA TAAJJUB YUKLAMALARI 
 
Gapning mazmuniga so‗roq-taajjub ma‘nosini yuklovchi -mi, -chi, -a (-ya) 
birliklari so„roq yuklamalari deyiladi. 
Yozuvda -mi yuklamasi so‗zga qo‗shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan 
ajratib yoziladi. 
Soʻroq-taajjub yuklamalarining barchasi qoʻshimcha yuklamalar sanaladi. 
Shuningdek, ularning barchasi sof yuklamalar hisoblanadi. 
3-misol. Soʻroq-taajjub yuklamalari ajratib koʻrsatilgan. 
1. Bola-chaqa omon ekanmi(Asqad Muxtor) 2. Nega yo‗q bo‗larkan? Muattar 
Zokirovna-chi? Lobarxon-chi? (X. Sultonov) 3. – Ba‘zan ko‗cha-ko‗yda ham bir 
narsalarni topib oladi-ya. – Bekor yurmay deydi-da! (Sh. Bo„tayev) 4. Xatini ham 
ololdingizmi? – dedi va sabrsizlanib Sodiqning og‗ziga tikildi. (Abdulla Qodiriy) 
 
KUCHAYTIRUV-TA‟KID YUKLAMALARI 
Gapning ma‘lum bir bo‗lagi yoki butun gap ma‘nosini kuchaytirib, ta‘kidlab 
keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta‟kid yuklamalari hisoblanadi. 
Kuchaytiruv-ta‟kid yuklamalari 
Sof kuchaytiruv-ta‟kid 
yuklamalari 
hatto, nahotki, g‗irt, axir, -oq (-yoq), -ku, -la 
Vazifadosh kuchaytiruv-ta‟kid 
yuklamalari 
ham, -u (-yu), -da
Yozuvda -ku, -la, -u (-yu), -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq) 
yuklamasi esa qo‗shib yoziladi. 
 
4-misol. Kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari ajratib koʻrsatilgan. 
1. To‗g‗ri-da, u tengi bolalar papka ko‗tarib maktabga borishadi, uni esa 
«kichkina» deb xafa qilishadi. (S. Mardiyev) 2. Nahotki, u meni rostdan ham 
kutayotgan bo‗lsa! (Yo„ldosh Sulaymon) 3. Lekin ellik yil yo‗lda hamroh bo‗lgan, 
birga o‗y surib, birga qog‗oz qoralagan do‗stning ham aytadigan gaplari bordir, axir
(Said Ahmad) 4. Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. (Ibn Sino) 5. 
U shunday ehtiyotkorlik bilan emakladiki, hatto qamishlar ham shitirlamadi. (Said 
Ahmad) 6. Har yil bahor kelganda, hatto toshga kirar jon. (Mirtemir) 7. Sergaklikda 
tiriklarning siz-ku eng tiriklari. (Mirtemir) 8. Bular ona yurtning erkalari-da, Bular 
ertagi kun egalari-da(Mirtemir) 


186 
Vazifadosh 
kuchaytiruv-ta‘kid 
yuklamalarining 
qanday 
vazifa 
bajarayotganligini farqlash lozim. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling