Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   310
-u (-yu), -da, ham yordamchilarining vazifalari 
Biriktiruv 
bogʻlovchisi 
Agar -u (-yu), -da, ham 
yordamchilarini va, hamda 
bogʻlovchilari 
bilan 
almashtirish mumkin boʻlsa, 
vazifadosh 
biriktiruv 
bogʻlovchisi hisoblanadi. 
1) 
Siz-u 
biz 
shu 
yurtning 
farzandlarimiz. 
Siz va biz biz shu yurtning 
farzandlarimiz. 
2) Otni soy bo‗yiga bog‗ladi-da
o‗zi yuqoriga chiqib ketdi. 
Otni soy bo‗yiga bog‗ladi va o‗zi 
yuqoriga chiqib ketdi. 
3) Qalam ham daftar oldim. 
Qalam va daftar oldim. 
Zidlov 
bogʻlovchisi 
Agar 
-u 
(-yu), 
-da 
yordamchilarini ammo, lekin, 
biroq 
bogʻlovchilari bilan 
almashtirish mumkin boʻlsa, 
vazifadosh 
zidlov 
bogʻlovchisi hisoblanadi. 
1) Yo‗qchilik g‗ayratli, ishchan 
odamning eshigidan mo‗ralaydi-yu
ichkariga kira olmaydi. 
Yo‗qchilik 
g‗ayratli, 
ishchan 
odamning eshigidan mo‗ralaydi, 
ammo ichkariga kira olmaydi. 
2) U hamma bilan koʻrishdi-da
menga kelganda burilib ketdi. 
U hamma bilan koʻrishdi, biroq 
menga kelganda burilib ketdi. 
Yuklama 
Agar -u (-yu), -da, ham 
yordamchilarini va, hamda, 
ammo, 
lekin, 
biroq 
bogʻlovchilari 
bilan 
almashtirib 
boʻlmasa, 
yuklama hisoblanadi. 
1) Axir, majlis qoldirilmaydi-yu
2) Mol o‗tlaydigan, bolalar chillak 
o‗ynaydigan yer-da
3) Biz ham kutubxonaga boramiz. 
 
AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALARI 
O‗zi qo‗shilayotgan so‗zning ma‘nosini ayirib-chegaralab keluvchi yuklamalar 
ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi. 
Ayiruv-chegaralov yuklamalari 
Sof ayiruv-chegaralov yuklamalari 
faqat, atigi, xolos 
Vazifadosh ayiruv-chegaralov 
yuklamalari 
-gina (-kina, -qina), yolgʻiz, bir 
5-misol. Ayiruv-chegaralov yuklamalari ajratib koʻrsatilgan. 
1. Toki odamlar meni ko‗rmasin, faqat mehnatimni ko‗rishsin. (Asqad Muxtor) 
2. Bizni porloq kelajakka Mustaqillik yo‗ligina eltadi. 3. Mehmon esa «buning o‗zi 


187 
nima-yu, muomalasi nima bo‗lardi» degan ma‘noda kulib qo‗ydi, xolos. (Cho„lpon) 
4. Vaholanki, til davlat miqyosida qo‗llanilsagina milliy til bo‗lib qoladi va ravnaq 
topadi. («Vatan tuyg„usi» kitobidan) 5. Xotin, bu gaplar kitobdagina bor, xolos, hayot 
boshqa. (S. Zunnunova) 
Yolgʻiz va bir soʻzlari aslida sifat va son turkumiga mansub boʻlib, ular ba‘zan 
ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini ham bajaradi. Bu soʻzlarning qanday vazifa 
bajarayotganligini farqlash lozim. 
yolgʻiz soʻzining vazifalari 
Vazifasi 
Izoh 
Misollar 
Ayiruv-
chegaralov 
yuklamasi 
Agar yolgʻiz soʻzini faqat soʻzi 
bilan almashtirish mumkin boʻlsa, 
vazifadosh 
ayiruv-chegaralov 
yuklamasi sanaladi. 
1) Darsga yolgʻiz Salim 
kelmadi. 
2) Darsga faqat Salim 
kelmadi. 
Sifat 
Agar yolgʻiz soʻzini faqat soʻzi 
bilan almashtirib boʻlmasa, sifat 
hisoblanadi. 
Yolgʻiz 
otning 
changi 
chiqmas, 
changi 
chiqsa 
ham, dongi chiqmas. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling