Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Z va s undoshlarining talaffuzi va imlosi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   310
Z va s undoshlarining talaffuzi va imlosi. 
Z tovushi soʻz boshida aniq talaffuz qilinadi. Jarangsiz undoshlardan oldin yoki 
soʻz oxirida kelganda, koʻpincha, s tovushiga moyil aytiladi, ammo z yoziladi. 
Masalan: ischil emas, izchil; tussiz emas, tuzsiz. 
S tovushi oʻzbek tilida soʻzning boshi, oʻrtasi, oxirida erkin kela oladigan eng 
unumli, koʻp qoʻllaniluvchi tovushdir.
Sh, sh va Ch, ch harflar birikmasi hamda ularning vazifalari 
Sh, sh harflar birikmasi bitta (til oldi, jarangsiz) undoshni ifodalaydi. 
Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular 
orasiga tutuq belgisi (‘) qo‗yiladi. Maalan: Is‟hoq (ism), as‟hob (suhbatdoshlar), 
mus‟haf (sahifalar) 


30 
Ch, ch harflar birikmasi ham bitta (til oldi, jarangsiz) undoshni ifodalaydi. 
Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifasi 
Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar birikmasini 
ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan 
farqlash lozim.
Ng harflar birikmasi bir bo‗g‗in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa 
bo‗g‗inlar tarkibida keladi. Solishtiring: shudring, ko„-ngil, si-ngil, ko„rdi-ngiz, men-
ga, osmon-ga, sin-gan. 
Rus-yevropa soʻzlarida har doim alohida tovushlarni anglatadi: kon-gress, 
shtan-ga. 
Ng tovushi ikki unli oʻrtasida kelsa, keyingi unli bilan boʻgʻin hosil qiladi. 
Masalan: ko„-ngil, si-ngil, ko„rdi-ngiz kabi. Agar ng tovushidan keyin undosh kelsa
birinchi unli bilan boʻgʻin hosil qiladi. Masalan: koʻng-lim, sing-ling. 
10-topshiriq. Ng harflar birikmasi hamda alohida n va g harflari ishtirok etgan 
soʻzlarni eslab qoling. 
1) Ingramoq, kenglik, mingashmoq, dengiz, tanga, tonggi, dangasa, singil, 
jiringlamoq, ko‗ngil, tengsiz, koʻrdingiz, jaranglamoq.
2) Menga, unga, alanga, tungi, donga, jonga, tangens, kongress, koʻlanka, 
toʻnka.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling