Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


G va k undoshlari talaffuzi va imlosi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   310
G va k undoshlari talaffuzi va imlosi. 


28 
So‗z oxirida (jarangli) va k (jarangsiz) undoshlari o‗rtasidagi farq yo‗qolib, 
har ikki undosh bir xil k holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda g va k harflari orqali 
yoziladi: dialog, … 
K undoshi bilan tugagan asosga joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi qoʻshilsa, bu 
qoʻshimcha -ka tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan: bilakka, tilakka kabi. 
G undoshi bilan tugagan soʻzlarga joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi qoʻshilsa, 
asos va qoʻshimcha qanday aytilishidan qat‘i nazar, oʻzgarmaydi. Masalan: bargga, 
pedagogga.
6-topshiriq. G va k, gʻ va q undoshlari bilan farqlanuvchi paronim soʻzlarning 
imlosi va ma‘nosini eslab qoling 
Eg (boshni egmoq) – ek (daraxt ekmoq), tug (chuchvara tugmoq) – tuk 
(shaftolining tuki), bog‗ (mevazor) – boq (qaramoq), yog‗ (moy) – yoq (taraf). 
7-topshiriq. Quyidagi soʻzlarda q undoshining talaffuzi va imlosiga e‘tibor 
bering. Soʻzlarning dastlab talaffuzi, keyin imlosi berilgan. 
Qaynogʻ – qaynoq, tarogʻ – taroq, qishlogʻ – qishloq, sanogʻ – sanoq, tagʻdim 
– taqdim, taxsimot – taqsimot, qizigʻ – qiziq, u yogʻ-bu yogʻ – u yoq-bu yoq, qoʻshigʻ 
– qo‗shiq, maxsat – maqsad. 
Q va g„ undoshlarining talaffuzi va imlosi. 
Q undoshi bilan tugagan asosga jo‗nalish kelishigi qo‗shimchasi qo‗shilsa, bu 
qo‗shimcha -qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan: qaymoqqa, toshloqqa 
kabi. 
Xuddi shunday asoslarga egalik qo‗shimchasi qo‗shilsa, o‗zak oxiridagi q 
undoshi g„ ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog„i, qishlog„i
G„ undoshi bilan tugagan so‗zlarga jo‗nalish kelishigi qo‗shimchasi qo‗shilsa, 
asos va qo‗shimcha qanday aytilishidan qat‘i nazar o‗zgarmaydi. Masalan: bug„ga, 
bog„ga
So‗z oxirida gʻ (jarangli) va q (jarangsiz) undoshlari o‗rtasidagi farq yo‗qolib, 
har ikki undosh bir xil q holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda q va harflari orqali 
yoziladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling