Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Tovush tushishiga namunalar
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Tovush tushishiga namunalar
№ Fonetik hodisa Fonetik hodisaga sabab boʻlgan qoʻshimcha turi 1 oʻyin + -a = oʻyna Soʻz yasovchi qoʻshimchalar ta‘sirida 2 qiyin + -a = qiyna 3 yigʻi + -la = yigʻla 4 sariq + -ay = sargʻay 24 5 chaqin + -a = chaqna 6 oʻrin + -a = oʻrna 7 ulugʻ + -ay = ulgʻay 8 ogʻiz + -aki = ogʻzaki 9 ayir + -im = ayrim 10 buyur + -uq = buyruq 11 past + -ay = pasay 12 sust + -ay = susay 13 oʻgʻil + -im = oʻgʻlim Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar (munosabat shakllari) ta‘sirida 14 oʻrin + -im = oʻrnim 15 egin + -im = egnim 16 qoʻyin + -im = qoʻynim 17 bagʻir + -im = bagʻrim 18 shahar + -i =shahri 19 burun + -ing = burning 20 men + -ning = mening 21 sen + -ning = sening 22 men + -ni = meni 23 sen + -ni seni 24 men + -niki = meniki Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar ta‘sirida 25 sen + -niki = seniki 26 ayir + -il = ayril 27 qayir + -il = qayril 28 ikki + -ala / -ov / -ovlon = ikkala, ikkov, ikkovlon 29 olti + -ala / -ov / -ovlon = oltala, oltov, oltovlon 30 yetti + -ala / -ov / -ovlon = yettala, yettov, yettovlon 31 oʻqigan + edi / emish / emas = oʻqigandi, oʻqiganmish / oʻqiganmas Toʻliqsiz fe‘llar ta‘sirida tovush tushishi 32 borar + edi / ekan / emish = borardi, borarkan, borarmish, 33 bora oladi = boroladi Yetakchi va koʻmakchi fe‘l qoʻshilib yozilishi ta‘sirida tovush tushishi 34 yoza oladi = yozoladi TOVUSH ALMASHISHI Nutqimizda bir tovushning boshqa tovushga almashishi hodisasi ham ko‗p uchraydi. Aytilgani kabi yoziladigan tovush almashishi hodisalari. – k tovushi bilan tugagan so‗zlarga egalik qo‗shimchasi qo‗shilganda so‗z oxiridagi k tovushi g ga aylanadi: tirgak + -i → tirgagi; 25 – q tovushi bilan tugagan so‗zlarga egalik qo‗shimchasi qo‗shilganda so‗z oxiridagi q tovushi g„ ga aylanadi: tomoq + -i → tomog„i. Ammo ba‘zi so‗zlar bu qoidaga bo‗ysunmaydi, ya‘ni o‗zgarishga uchramaydi: idrok, ishtirok, axloq, ravnaq, huquq, ittifoq va hokazo. – -ga, -gach, -gan, -gina kabi g tovushi bilan boshlanuvchi qo‗shimchalar uch xil aytiladi va yoziladi: yurakkinam, oqqan, quloqqa, bug„ga. Eslatma: b va m tovushlaridan oldin kelgan n tovushi m shaklida aytilsa ham, n yoziladi: shamba-shanba, ko„rimmas-ko„rinmas. Tovush almashishiga namunalar № Fonetik hodisa Fonetik hodisaga sabab boʻlgan qoʻshimcha turi 1 son + -a = sana Soʻz yasovchi qoʻshimchalar ta‘sirida 2 yosh + -a = yasha 3 yosh + -ar = yashar 4 ot + -a = ata 5 ong + -la = angla 6 tara + -q = taroq 7 soʻra + -q = soʻroq 8 boʻya + -q = boʻyoq 9 yama + -q = yamoq 10 qiyna + -q = qiynoq 11 sana + -q = sanoq 12 quvna + -q = quvnoq 13 sovi + -q = sovuq 14 quri + -q = quruq 15 chuchi + -k = chuchuk 16 oʻyna + -qi = oʻynoqi 17 sayra + -qi = sayroqi 18 istak + -im = istagim Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar (munosabat shakllari) ta‘sirida 19 qishloq + -im = qishlogʻim 20 istak + -ga = istakka 21 qishloq + -ga = qishloqqa 22 ek + -gan = ekkan Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar ta‘sirida 23 chiq + -gan = chiqqan 24 ek + -gach / -gancha / -guncha / -gani = ekkach, ekkancha, ekkuncha, ekkani 25 chiq + -gach / -gancha / -guncha / -gani = chiqqach, chiqqancha, chiqquncha / chiqqani 26 oʻqi + -v = oʻquv 27 qiyna + -v = qiynov 26 Ayrim soʻzlar tarkibida bir nechta fonetik hodisalar kuzatiladi. Ulardan ba‘zilari quydagilar: № Soʻz Fonetik hodisalar 1 sanogʻi son + -a = sana sana + -q = sanoq sanoq + -i = sanogʻi 3 ta tovush almashishi 2 qiynogʻi qiyin + -a = qiyna qiyna + -q = qiynoq qiynoq + -i = qiynogʻi 1 ta tovush tushishi, 2 ta almashishi 3 buyrugʻing buyur + -uq = buyruq buyruq + - ing = buyrugʻing 1 ta tovush tushishi, 1 ta almashishi 4 oʻynoqi oʻyin + -a = oʻyna oʻyna + -qi = oʻynoqi 1 ta tovush tushishi, 1 ta almashishi TALAFFUZ VA IMLO ME‟YORLARI Og‗zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo‗shimcha va so‗zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi to‗g‗ri talaffuz me‘yori sanaladi. Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush, qo‗shimcha va so‗zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me‘yori sanaladi. To‗g‗ri talaffuz me‘yorlarini o‗rganuvchi tilshunoslik bo‗limiga orfoepiya (yunoncha: orfo – «to‗g‗ri», epos – «so‗zlamoq», «nutq») deyiladi. To‗g‗ri yozish me‘yorlarini o‗rganuvchi tilshunoslik bo‗limiga orfografiya (yunoncha: orfo – «to‗g‗ri», grafo – «chizmoq») deyiladi. Tilimizdagi bir qator soʻzlarning talaffuzi va imlosi bir-biridan farq qiladi. Bunday soʻzlar talaffuzi boʻyicha emas, ma‘lum morfologik qonuniyatlar asosida yoziladi va ularning imlosini eslab qolish lozim. Masalan: shamba – shanba, maxsat – maqsad, taxsim – taqsim, Samarqan – Samarqand, kitop – kitob, tambur – tanbur, o„m besh – o„n besh. UNLILAR TALAFFUZI VA IMLOSI A va o unlilari talaffuzi va imlosi. A tovushi zamon, hamon, baho, jahongir kabi so‗zlarda o kabi aytiladi, ammo a yoziladi. O tovushi pomir, okean, konsert singari so‗zlarda a, tonna, orden kabi so‗zlarda o„ aytilsa-da, o yoziladi. Termos, tormoz, direktor kabi so‗zlarning oxirgi bo‗g‗ini i ga moyil aytilsa ham, o yoziladi. 1-topshiriq. Quyidagi soʻzlarning imlosini eslab qoling. Somon, tomosha, mabodo, muomala, dala, aloqa, buloq, baho, jahongir, omon, fonetika, hamon. 2-topshiriq. O tovushi a kabi talaffuz qilinadigan quyidagi soʻzlarning imlosi va talaffuzini eslab qoling. 27 Okean, zoologiya, zoopark, oynak, okop, obro‗, orkestr, roman, kovak, joy, kokil, kombayn, konstitutsiya, konsert, kosmonavt. U va i unlilarining talaffuzi va imlosi So‗zlarning birinchi bo‗g‗inida r, l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar- bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, sira, bilan. Ikki bo‗g‗inli so‗zlarning birinchi bo‗g‗inida lablangan u unlisi ta‘sirida ikkinchi bo‗g‗indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Masalan: kulgu emas, kulgi; chopqu emas, chopqi. tulku emas, tulki. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo‗g‗inida u yoziladigan otlardan farqlanadi. Masalan: urush – urish, yumush – yumish, burush – burish. Bu soʻzlar oʻzaro paronim boʻlib, ma‘nolari i va u unlilari orqali farqlanadi. 3-topshiriq. Quyidagi soʻzlarning imlosini eslab qoling. Kunduz, yulduzcha, tovuq, tutun, guvullamoq, qasir-qusur, uchqun, uchun, kampirqovun, churullamoq, tuygʻu, uyqu, qaygʻu. E va oʻ unlilarining talaffuzi va imlosi E harfi kecha, ekran, ne‟mat kabi so‗zlarda to‗liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so‗zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi. O„ tovushi ko„l, o„s, cho„l, jo„ra, mo„tabar kabi so‗zlarda torroq, bo„ri, qo„ri, xo„roz, ro„mol kabi so‗zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi. Mo„tadil, mo„jiza, mo„tabar kabi so‗zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi. 4-topshiriq. Quyidagi soʻzlarning imlosini eslab qoling. Tomon, ilmiy, manfaat, inshoot, sanoat, matbuot, million, soat, mudofaa, milliard, ukrain. 1-mashq. Imloviy xato yozilgan soʻzlar ajratib koʻrsatilgan, toʻgʻri varianti qavs ichida berilgan. 1. Tabiyat (tabiat) qanday go‗zal! 2. O‗zbekiston sanooti (sanoati) tinmay rivojlanib bormoqda. 3. Sinfimiz bilan tiyatirga (teatrga) tomoshaga bordik. 4. Uzin (uzun) yoz kechalarida yuldizlarga (yulduzlarga) termilib yotish insonga zavq bag‗ishlaydi. 5. Abu Ali ibn Sino tug„ulgan (tugʻilgan) Afshona qishlog‗iga bordik. UNDOSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi. So‗z oxirida b – p, d – t, z – s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‗rtasidagi farq yo‗qolib, bir xil – jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi. 5-topshiriq. Quyidagi soʻzlarning imlosini eslab qoling. Talab, dardchil, nomard, barg, maktab, baland, past, ijtimoiy, manba, taqdimot, oftob, farzand. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling