Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


IMLODA AKS ETADIGAN TOVUSH OʻZGARISHLARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   310
IMLODA AKS ETADIGAN TOVUSH OʻZGARISHLARI 
Oʻzbek tilidagi soʻz imlosida fonetik hodisalarning, asosan, uch turi kuzatiladi. 
1) Tovush ortishi – asosga qoʻshimchalar qoʻshilganda biror tovushning 
ortishi. Masalan: bu + ga = bunga, de + il = deyildi. 
2) Tovush tushishi – asosga qoʻshimchalar qoʻshilganda unli yoki undosh 
tovush(lar)ning tushib qolishi. Masalan: koʻngil + im = koʻnglim, past + ay = pasay. 
3) Tovush almashishi – asosga qoʻshimchalar qoʻshilganda bir unlining 
boshqa unliga yoki bir undoshning boshqa undoshga almashishi. Masalan: son + a = 
sana, qishloq + im = qishloim. 
Fonetik hodisalarning roʻy berish oʻrni ham uch xil boʻladi: asosda, 
qoʻshimchada va ham asos, ham qoʻshimchada. 
Fonetik hodisalarning roʻy berish oʻrni 
Asosda 
Qoʻshimchada 
Ham asos, ham 
qoʻshimchada 
oʻyin + -a = oʻyna; 
istak + -im = istagim; 
chiq + -gan = chiqqan 
tilak + -ga = tilakk
oʻynoqi → oʻyin + -a = 
oʻyna + -qi = oʻynoqi 
TOVUSH ORTISHI 
Tilimizda quyidagi kabi tovush ortishi hodisalari uchraydi. Bular yozuvda aks 
etadigan tovush ortishi hodisalaridir:
– bu, shu + -ga, -da, -dan → bunga, shundan (n tovushi); 
 
– mavzu + -ing → mavzuying (y tovushi). 
Ba‘zi tovush ortishi hodisalari faqat talaffuzda sodir bo‗ladi:
– orzu, insho kabi so‗zlarga egalik qo‗shimchasi qo‗shilganda y tovushi 
qo‗shib aytiladi, yozilmaydi (orzuyim emas, orzum); 
– yonma-yon kelgan unlilar orasida ba‘zan y undoshi qo‗shib aytilsa ham
yozilmaydi. Masalan: material, tabiat, biologiya, maishat, teatr, aeroport va hokazo. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling