Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   310
SINTAKTIK ALOQA — so'z birikmalari va gaplarda so'zlarni o'zaro 
bog'lash uchun xizmat qiluvchi aloqa. 
MOSLASHUV ALOQASI — so'zlarni biriktirishda ularning turli shakl-larini 
moslashtirishi: Ahmadning kitobi kabi. 
ERGASHTIRUV ALOQASI — bir so'zning ikkinchi so'zga bog'liqligini 
ko'rsatuvchi aloqa. Bunda hokim so'z va tobe so'z farqlanadi: quvnoq (tobe) qo'shiq 
(hokim) kabi. 
BOSHQARUV ALOQASI — hokim so'z tobe so'zning ma'lum shaklda 
bo'lishini talab qiluvchi aloqa: kitob o'qimoq, dars tayyorlamoq. 
SINTAGMA — ma'nosi jihatdan bog'langan ikki yoki undan ortiq so'zlarning
ohang vositasida bog'lanishi. 
BIR TARKIBLI (sostavli) GAP — tarkibida bir bosh bo'lagi bo'lgan gap. 
Maktabga kelishdi. 
IKKI TARKIBLI (sostavli) GAP — ega va kesimi bo'lgan gap: Komil o'qidi. 
ATOV GAP (nominativ gap) — bosh bo'lagi otning bosh kelishigi bilan 
ifodalangan bir tarkibli gap: Ertalab. Sovuq. Soat olti kabi. 
SHAXSSIZ GAP — egasi bo'lmagan bir tarkibli gap: O'qish kerak. 
SHAXSI NOANIQ GAP — kesimi fe'lning 3-shaxsi bilan ifodalangan, shaxsi 
(egasi) noma'lum bir tarkibli gap: Aytishlaricha, ... So'ziga qaraganda, ... kabi. 
YIG'IQ GAP — bir ega va bir kesimga ega bo'lgan gap: Shokir keldi. 
YOYIQ GAP — bosh bo'laklari bilan birga ikkinchi darajali bo'lak-lari 
(aniqlovchi, hoi, to'ldiruvchi) bo'lgan gap: Mirza chiroyli she'r yozdi. 
QO'SHMA GAP — tarkibida bir necha gap bo'laklari bo'lgan gap: Ahmad 
menga kecha bergan kitobni o'qidim va kitob menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. 
BOGIANGAN QO'SHMA GAP — bog'lanish aloqasi bilan birikkan qo'shma 
gap: O'qituvchi keldi va biz darsimizni boshladik. 
ERGASHGAN QO'SHMA GAP — qismlarda ergashish yo'li bilan 
bog'langan qo'shma gap: Agar sen kelsang, ertaga kinoga boramiz. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling