5
oʻqib
chiqaman
Shaxs-son shakli koʻmakchi fe‘lga qoʻshildi.
6
oʻqib
chiqsin
Buyruq-istak mayli shakli koʻmakchi fe‘lga
qoʻshildi.
7
oʻqib
chiqsa
Shart mayli shakli koʻmakchi fe‘lga qoʻshildi.
Ravishdoshning -a shaklini olgan yetakchi fe‘llardan keyin o unlisi bilan
boshlanuvchi koʻmakchi fe‘llar kelganda ba‘zan yetakchi va koʻmakchi fe‘l qoʻshilib
yozilishi mumkin. Masalan: yoza oladi – yozoladi, bora oladi – boroladi, ayta oladi –
aytoladi.
Bunda yetakchi fe‘l oxiridagi a unlisi tushib qoladi.
FE‟L YASALISHI
Fe‘llar ikki xil usul bilan yasaladi.
1) Soʻz yasovchi qoʻshimchalar orqali (affiksatsiya usuli);
2) Soʻzlarni qoʻshish orqali (kompozitsiya usuli).
Fe‘l yasalishining asosiy va mahsuldor usuli soʻz yasovchi qoʻshimchalar
orqali (affiksatsiya usuli bilan) fe‘l yasashdir. Bunday usul bilan yasalgan fe‘llar
sodda yasama fe‟llar deb ataladi. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar orqali faqat boshqa
turkumlardan fe‘l yasaladi, chunki hozirgi oʻzbek tilida affiksatsiya usuli bilan
fe‘ldan yana fe‘l yasalmaydi.
-la, -a qo‗shimchalari ot, sifat, undov so‗zlardan, -(a)y, -i, -sira, -sa
qo‗shimchalari ot va sifatlardan, ba‘zan ravishlardan, -(a)r qo‗shimchasi sifatlardan, -
illa, -ira qo‗shimchalari taqlid so‗zlardan fe‘l yasaydi.
-sira qo‗shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe‘l yasaydi.
1-misol.
Sana, boyi, oqar, qoray, suvsa, yaltira, yiltira, suhbatlash, suvsira, tuzla, tuna,
chirqilla, qisqar.
105
Ayrim fe‘l yasovchi qoʻshimchalar:
1) -la: ishla, tekisla, tezla, senla,
taraqla, dodla;
2) -a: qona, boʻsha, shildira;
3) -ay: kuchay, koʻpay, sargʻay;
4) -ar: koʻkar;
5) -i: ranji, tinchi;
6) -ir: gapir;
7) -ira: yaltira;
8) -illa: chiqilla, taqilla;
9) -ik: koʻzik, kechik, birik;
10) -iq: yoʻliq, zoriq;
11)
Do'stlaringiz bilan baham: |