107
qoʻllab koʻrish kerak. Birinchi qismni
tushum kelishigi shakli
bilan qoʻllash mumkin boʻlsa, soʻz birikmasi; mumkin boʻlmasa,
ot + fe‘l tarkibli qoʻshma fe‘l hisoblanadi.
Daftarni oldi deyish
mumkin, ammo
javobni oldi deb boʻlmaydi (javobni
olish
mumkin emas).
3
Misollar
1) Anvar sumkasiga kitob soldi. – soʻz birikmasi.
2) Hamida qoʻrrqanidan dod soldi. – qoʻshma fe‘l.
3) Ota farzandiga pul berdi. – soʻz birikmasi.
4) Oʻqituvchi bolalarga ta‘lim berdi. – qoʻshma fe‘l.
5) Quruvchilar shahar chekkasidan yangi uy qurdi. – soʻz
birikmasi.
6) Sinfdoshlar miriqib suhbat qurdi. – qoʻshma fe‘l.
2) fe‟l + fe‟l tarkibli qoʻshma fe‟llar.
Bunday qoʻshma fe‘llar ikkita fe‘lni qoʻshishdan hosil qilinadi. Masalan:
borib
kelmoq, olib kelmoq, sotib olmoq, kirib chiqmoq, ishlab chiqarmoq, ola kelmoq.
Fe‘l + fe‘l tarkibli qoʻshma fe‘llarning birinchi qismi ravishdoshning
-(i)b yoki
-a shakllarini oladi, shu jihati bilan ular shaklan koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmalariga
oʻxshaydi. Ular quyidagicha farqlanadi:
Fe‟l + fe‟l tipidagi qoʻshma fe‟l va koʻmakchi fe‟lli soʻz qoʻshilmasining
Do'stlaringiz bilan baham: