Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-misol.
QOʻSHMA FE‟LLAR
Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo‗shimchalarni qo‗shib bo‗lmaydigan, bitta so‗roqqa javob bo‗luvchi fe‘llar qo„shma fe‟llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, taq etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq. Qo‗shma fe‘llar ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlid so‗zlarga qil, et, bo„l singari so‗zlarni, fe‘l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe‘llarni qo‗shish bilan hosil bo‗ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski bo„lmoq, bir bo„lmoq, yaxshi chiqmoq, kim bo„lmoq, dod solmoq, chirs etmoq kabi. Qo‗shma fe‘llarning har ikkala qismi o‗zining lug‗aviy ma‘nosini saqlagan bo‗ladi. Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o‗z ma‘nosida qo‗llanilmaganda, ko‗makchi fe‘lli so‗z shakli hosil bo‗ladi. Masalan: o„qib chiqdi (o‗qidi, lekin chiqmadi, balki o‗qishni tamomladi, tugatdi). Qo‗shma fe‘l qismlari ajratib yoziladi. 3-misol. Qoʻshma fe‘llarning tagiga chizilgan. 1. Xamir yaxshi qorilsa, barakasi ham yaxshi bo‗ladi, – dedi Matqovul. (Mirzakalon Ismoiliy) 2. Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. (Sh. Rashidov) 3. Shunday o‗ylasangiz, yanglishasiz, – deb e‘tiroz bildirdi Abdukarim. (I. Abdurahmonov) 4. Chaqimchilikning oqibati yomon bo‗ladi. 4-misol. Qoʻshma fe‘llarning tagiga chizilgan. ...Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo‗lsa ham xuddi o‗smirlarday yengil qadam tashlardi, yugurib-yelardi. So‗ridagi eskiroq ko‗rpachani darrov yig‗ishtirib olib, supurib, ko‗z ochib yumguncha yangi yakandoz to‗shab, joy soldi. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. (Yo„ldosh Sulaymon) JUFT FE‟LLAR Ikki fe‘l juftligidan tashkil topgan, bitta so‗roqqa javob bo‗luvchi va gapda bitta gap bo‗lagi vazifasida keluvchi fe‘llar juft fe‟llar sanaladi. Masalan: qoʻllab- quvvatladi, aytdi-qoʻydi. Juft fe‘llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro‗y berishini ifodalaydi. Juft fe‘l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi. Oldi-berdi, bordi-keldi kabi juft so‗zlar ot turkumiga o‗tgan so‗zlar hisoblanadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling