Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


FE‟LLARNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   310
FE‟LLARNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI 
Fe‘llar tuzilishiga ko‗ra to‗rt xil bo‗ladi: a) sodda fe‘llar; b) qo‗shma fe‘llar; d) 
juft fe‘llar; e) takroriy fe‘llar. 
SODDA FE‟LLAR 
Sodda fe‘llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe‟llar asos holatida ish-
harakat va holatni anglatadi. Sodda tub fe‘llarning tarkibida soʻz yasovchi 
qoʻshimcha boʻlmaydi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq, sezmoq, oʻqimoq, 
aytmoq. 
Sodda yasama fe‟llar so‗z yasovchi qo‗shimchalar yordamida boshqa so‗z 
turkumlaridan yasaladi: shod – shodlanmoq, yangi – yangilamoq, gap – gapirmoq
guv – guvullamoq, tez – tezlamoq.
Sodda yasama fe‘llarning barchasi boshqa turkumlardan yasaladi, chunki 
oʻzbek tilida soʻz yasovchi qoʻshimchalar orqali fe‘ldan fe‘l yasalmaydi. 
1-misol. Sodda yasama fe‘llarning tagiga chizilgan. 
1. Ko‗klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. (Mirtemir) 2. 
Xadichaning uzunchoq sarg‗ish yuzi qizardi. (O„. Hoshimov) 3. Usta temirni 
cho‗g‗ga solib bolg‗alaydi, cho‗zadi, yassilaydi, yana olovga soladi. (Oybek) 4. Bir-
birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik. (G„afur G„ulom) 5. Mirtursun 
Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi. (X. Sultonov) 
 
2-misol. Sodda yasama fe‘llarning tagiga chizilgan. 
1. Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan keyin esingiz kiradi. Sizni ko‗p 
laqillatishdi. (Said Ahmad) 2. Nihoyat, ko‗prik ortda qoldi, guvullash tindi. (P. 
Qodirov) 3. Izg‗irindan ko‗zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‗irchillaydi. (O. 
Yoqubov) 4. Chollar kulgudan qotib qoldilar, ularning burushgan yuzlari ruhlanib, 
ko‗zlarini kulgu namladi. (Oybek) 5. Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‗paysa, 
nopok odamlar shunchalik kamayadi. (X. Sultonov) 
 


109 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling