Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
OʻTGAN ZAMONNING TOʻLIQSIZ FE‟LLAR ORQALI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
OʻTGAN ZAMONNING TOʻLIQSIZ FE‟LLAR ORQALI
HOSIL QILINISHI Edi, emish, ekan, emas fe‘llari to„liqsiz fe‟llar sanaladi. Bu fe‘llar yetakchi fe‘lning zamon shakllaridan so‗ng keladi, shaxs-son qo‗shimchalari to‗liqsiz fe‘lga qo‗shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan), kelayotgan ekansan (eding, emishsan). Edi, emish, ekan, emas to‗liqsiz fe‘llari qisqarib, -di, -mish, -kan, -mas shaklida ham qo‗llaniladi. Bunda ularda tovush tushishi kuzatiladi va fe‘lga qoʻshimcha sifatida qoʻshib yoziladi. Masalan: borgan edi – borgandi, borgan emish – borganmish, kelar ekan – kelarkan, oʻqigan emas – oʻqiganmas. -gan, -(a)yotgan, -ar qoʻshimchalaridan keyin -di, -mish, -mas kabi shakllar kelsa, ular edi, emish, emas toʻliqsiz fe‘llarining qisqargan shakli hisoblanadi. 112 Masalan: kelgan edi – kelgandi, kelayotgan emish – kelayotganmish, kelar edi – kelardi. Oʻtgan zamonning -gan va sifatdoshning -gan shakllari bitta qoʻshimcha boʻlib, bu shakl koʻpvazifali qoʻshimcha hisoblanadi. Uning qaysi vazifani bajarayotgani quyidagicha aniqlanadi: 1) -gan shaklidan soʻng shaxs-son qoʻshimchalari qoʻshilsa va bu qoʻshimchani olgan fe‘l gapda kesim vazifasini bajarsa, u oʻtgan zamon shakli hisoblanadi va fe‘lning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi qoʻshimcha) deb qaraladi. Masalan: Men bu kitobni avval oʻqiganman. / Bu ishni sen qilgansan. 2) -gan shaklini olgan fe‘l «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻlib, undan soʻng ot kelsa yoki bu qoʻshimchani olgan fe‘lga egalik, kelishik, koʻplik qoʻshimchalari qoʻshilgan boʻlsa, u sifatdosh qoʻshimchasi (lugʻaviy shakl yasovchi) hisoblanadi. Masalan: Oʻqigan bola oʻqdan oʻzar. / Bu ishni qilgan odam sensan. / Men tugʻilganimda otam rosa suyungan ekan. 3-misol. Oʻtgan zamondagi fe‘llarning tagiga chizilgan. 1. Qizlar to‗da-to‗da bo‗lib lapar aytishdi. (N. Safarov) 2. Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G‗anini uyga yuboribdilar. (M. A‟zamov) 3. Aka-ukalar to‗qayda bo‗ri, to‗ng‗iz, tulkilar ko‗p bo‗lishini eshitishgan edi. (X. To„xtaboyev) 4. Mana bu shotutni bobosi ekkan ekan. (Sh. Otaboyev) 5. Ho‗ so‗ridagi cholni ko‗rdinglarmi, yonidagi chollarga Navoiy g‗azallarini o‗qib berib o‗tiribdi. (S. Anorboyev) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling