Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   310
KELASI ZAMON SHAKLLARI 
Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so‗ng 
yuz berishini bildiradi. 
Bu zamon shakllari fe‘l asoslariga -a, -y, -(a)r qo‗shimchalarini va shaxs-son 
qo‗shimchalarini qo‗shish bilan hosil qilinadi. 
Bu shakllar ba‘zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham 
ifodalaydi. Masalan: Akam kollejda o„qiydi. 
Undosh bilan tugagan fe‘l asoslariga kelasi zamonning -a, -ar, unli bilan 
tugagan fe‘l asoslariga -y, -r, bo‗lishsiz fe‘l shakllariga esa -s qo‗shimchasi 
qo‗shiladi. -(a)r shakli kelasi zamonni gumon, taxmin yo‗li bilan ifodalaydi. 
6-misol. 
O‗tiraman, o‗tirasan, o‗tiradi; yashayman, yashaysan, yashaydi; izlarman, 
izlarsan, izlar.
Kelasi zamon, shuningdek, -(a)jak, -ur, gusi, -gay shakllari bilan ham hosil 
qilinadi. Masalan: aytajak, kelur, oʻqigusi, borgay. Bu qoʻshimchalar kelasi 
zamonning yozma nutq uslublariga (koʻproq badiiy uslubga) xoslangan shakllaridir. 
Xususan -(a)jak qoʻshimchasida koʻtarinkilik, tantanavorlik ma‘nosi mavjud.
 
7-misol. Kelasi zamondagi fe‘llarning tagiga chizilgan. 
1. Har holda, menga o‗xshagan o‗yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak 
topiladi. (G„afur G„ulom) 2. Sen choyni jindek qo‗yib turib, chala qoldirgan 
yerlaringni supuratur, kelib qolar. (Cho„lpon) 3. Qushlar sovuq tushishi bilan issiq 
o‗lkalarga uchib ketadi. 4. Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. (U. 
Hamdam) 6. Mix bolg‗adan qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi. (Asqad Muxtor) 
-di shakli ham koʻpvazifali qoʻshimcha hisoblanadi. U qanday vazifa 
bajarayotganligi quyidagicha aniqlanadi: 
1) -di shaklidan oldin fe‘lga zamonni bildiruvchi boshqa qoʻshimcha 
qoʻshilmagan boʻlsa va undan keyin shaxs-son qoʻshimchalari kelsa, u oʻtgan zamon 


114 
shakli hisoblanadi. Masalan: Samarqandda xalqaro konfrensiya boshlandi. / Kecha 
shaharga borib keldim. 
2) -di shaklidan oldin fe‘lga zamonni bildiruvchi boshqa qoʻshimcha 
qoʻshilgan boʻlsa, xususan, undan oldin oʻtgan zamonning -(i)b, hozirgi zamonning -
(a)yotib, kelasi zamonning -a, -y qoʻshimchalari kelgan boʻlsa, u III shaxs-son 
qoʻshimchasi hisoblanadi. Masalan: Shodiqul kecha uyiga qaytibdi. / Akam hozirda 
magistraturada oʻqiyotibdi. / Uning otasi universitetda ishlaydi. / Alijon ertaga 
togʻasinikiga boradi. 
3) -di shaklidan oldin fe‘lga -gan, -(a)yotgan, -(a)r, -mas qoʻshimchalari 
qoʻshilgan boʻlsa, u edi toʻliqsiz fe‘lining qisqargan shakli hisoblanadi. Masalan: Biz 
oʻtgan yili Buxoroga borgandik – borgan edik. / Men u paytlarda maktabda 
oʻqiyotgandim – oʻqiyotgan edim. / Biz – ikki aka-uka terimchilarga ovqat olib 
borardik – olib borar edik. / Bunaqa fikr uning xayoliga hecham kelmasdi – kelmas 
edi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling