Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
-mavzu: OT. SIFAT. SON. OLMOSH
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATOQLI OTLAR
8-mavzu:
OT. SIFAT. SON. OLMOSH Reja: 1. Ot soʻz turkumi. Otning ma‘nosi va grammatik belgilari. 2. Sifat soʻz turkumi. 3. Son soʻz turkumi. 4. Olmosh soʻz turkumi. Tayanch tushunchalar: Ot, atoqli ot, turdosh ot, shaxs oti, narsa oti, oʻrin-joy, oti, faoliyat-jarayon otlari, aniq otlar, mavhum otlar, sifat, sifat darajalari, sifat otlashuvi, son, midor son, tartib son, olmosh, kishilik olmoshlari, koʻrsatish olmoshlari, soʻroq olmoshlari, belgilash olmoshlari, oʻzlik olmoshi, boʻlishsizlik olmoshlari, gumon olmoshlari. Ot nom bildiruvchi so‗z turkumi bo‗lib, shaxs, narsa, joy ma‘nolarini anglatadi va «kim?»,«nima?», «qayer?» so‗roqlariga javob bo‗ladi. «Kim?» so‗rog‗i shaxsni bildiruvchi so‗zlarga, «nima?» so‗rog‗i narsa, faoliyat-jarayonni bildiruvchi so‗zlarga, «qayer?» so‗rog‗i joy nomini bildiruvchi so‗zlarga beriladi. Shunga ko‗ra otlar shaxs otlari, narsa otlari, faoliyat-jarayon otlari, o‗rin-joy otlariga bo‗linadi. 1-misol. Otlarning tagiga chizilgan. O‗lmasning onasi uyda o‗tiradi, do‗ppi tikadi. Qizlari ham onasiga qarashadigan bo‗lib qolgan. Biri igna tortadi, biri piltakach uradi, bitgan do‗ppini taxtakachga bostiradi, yana biri ipak qaynatadi, quritadi, xullas, namozgarda boshlangan do‗ppi ertasiga tayyor bo‗ladi. (U. Nazarov) Otlar ma‘no va grammatik xususiyatlariga koʻra dastlab katta ikki turga boʻlinadi: 1) Atoqli otlar; 2) Turdosh otlar. ATOQLI OTLAR Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo‗yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko‗ra shaxs nomlari, joy nomlari va narsa nomlariga bo‗linadi. 2–mashq. Atoqli otlarning tagiga chizilgan. 122 1. Yana bir necha kun turib kelmoq uchun Otabek Marg‗ilonga, Hasanali ota Yusufbek hojini tinchlatish uchun Toshkentga jo‗nadilar. (Abdulla Qodiriy) 2. Chol ko‗zlarini qisib, kulib qo‗yadi: — Yaxshi. Ma‘nolik narsa. Muqimiyni ko‗rganman. Xushfe‘l, dono odam edi. Muqimiy — kattakon shoir. Qo‗qonda turadi u kishi. (Oybek) Atoqli otlar bir nechta shaxs, narsa yoki joy ichidan faqat bittasiga atab qoʻyilgan, faqat bittasinigina ifodalaydigan otlardir. Masalan, dunyoda minglab shaharlar mavjud, Samarqand soʻzi esa oʻsha shaharlar ichidan faqat bittasini nomlaydi va bitta shaharning oʻzigagina tegishli hisoblanadi. Shuning uchun Samarqand atoqli otdir. Atoqli otlarga nisbatan nom atamasi ishlatiladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling