Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


TASHKILOT, KORXONA, MUASSASA NOMLARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   310
TASHKILOT, KORXONA, MUASSASA NOMLARI 
 
 
Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari 
tarkibidagi har bir so‗z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va 
korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so‗z bosh harf bilan yoziladi. 
 
4-misol.
Sog‗liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston Oliy Majlisi, O‗zbekiston Milliy 
universiteti, Toshkent traktor zavodi
 
Quyidagi atoqli otlarning tarkibidagi har bir soʻz bosh harf bilan yoziladi: 
1) Xalqaro tashkilot nomlari: Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti, Xalqaro 
Olimpiya Qoʻmitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti. 
2) Oliy davlat tashkilotlari nomlari: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi. 
3) Oliy davlat mansablari nomlari: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi. 
4) Oliy davlat mukofotlari va unvonlari nomi: Oʻzbekiston Qahramoni. 
Quyidagi atoqli otlarning esa tarkibidagi faqatgina birinchi soʻz bosh harf bilan 
yoziladi: 
1) Turli vazirliklar nomi: Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus 
ta‘lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi. 
2) Oʻquv muassasalari nomi: Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat 
oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
Eslatma: Oʻzbekison Milliy universiteti nomida ikkinchi soʻz ham bosh harf 
bilan yoziladi. 
3) Turli davlat tashkilotlari, idoralar, firmalar va korxonalar nomlari: 
Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy xoʻjalik sudi, Davlat test markazi, Toshkent traktor 
zavodi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi. 
Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan 
shartli nomlar qo‗shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi 
so‗z) yoziladi: «Turkiston» (saroy), «Sharq gullari» (firma). 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling