124
Taqqoslang: Navoiy kinoteatri – bu yerda muassasa shaxs nomi bilan atalgani
uchun qoʻshtirnoqqa olinmadi.
«Navoiy» romani – bu yerda badiiy asar (kitob) shaxs
nomi bilan atalgani uchun qoʻshtirnoqqa olindi.
5-misol.
O‗zbekiston Oliy Majlisi, «Bahor»
konsert zali, Xalqaro Olimpiya Qo‗mitasi,
Oliy xo‗jalik sudi, Buxoro viloyati hokimligi, Osiyo Taraqqiyot Banki, «O‗qituvchi»
nashriyoti, «Umid» firmasi, «Istiqbol» fermer xo‗jaligi, O‗zbekiston Vazirlar
Mahkamasi, «Nuroniy» jamg‗armasi,
Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement
zavodi, «Turkiston» saroyi, Temuriylar
tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat
universiteti.
TARIXIY SANA VA BAYRAM NOMLARI
Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‗z bosh harf bilan
yoziladi.
6-misol.
Mamlakatimizdagi ayrim bayram nomlari:
1–yanvar —
Yangi yil; 8–mart — Xalqaro xotin–qizlar kuni; 21–mart —
Navro‗z bayrami; 9–may — Xotira va qadrlash kuni; 1–sentabr — Mustaqillik kuni;
8–dekabr — Konstitutsiya kuni; 1-oktabr — O‗qituvchi
va murabbiylar kuni; Ro‗za
hayiti; Qurbon hayiti (kunlari o‗zgarib turadi).
Do'stlaringiz bilan baham: