Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   310
№ 
Turdosh otlar 
Atoqli otlar 

Odam – yoshi, jinsi, millati, tili, dini va 
irqidan qat‘i nazar barcha shaxslarning 
umumiy nomi. 
Ravshan – har qanday odam emas, 
aynan bitta shunday ismli shaxs. 

Kitob – hajmi, shakli, rangi, tili, 
mavzusidan qat‘i nazar har qanday shu 
turdagi oʻquv qurolining umumiy nomi.
“Oʻtkan kunlar” romani – har 
qanday kitobning emas, aynan bitta 
Abdulla Qodiriy romanining nomi. 

Shahar – aholisi soni, qayerda 
joylashganligi va boshqa 
xususiyatlaridan qat‘i nazar shu turdagi 
joylarning umumiy nomi. 
Samarqand – har qanday shaharning 
emas, Oʻzbekistondagi bitta shaharning 
oʻzigagina tegishli boʻlgan nomi. 
11-misol. Turdosh otlarning tagiga chizilgan. 
Nurali baxshi bu tomonlarda juda mashhur edi. Tog‗liklarning biron to‗yi, 
ma‘rakasi, gap-gashtagi usiz o‗tmaydi. Nurali baxshi biron sabab bilan qatnasha 
olmagan to‗ydan odamlar: «Bu 
to‗y to‗y bo‗lmadi», deb qaytishar edi. 


126 
Nurali baxshi etagi tizzadan yuqori olacha to‗n kiygan, boshida ko‗k salla, 
og‗zi to‗la tilla tish. Chap qo‗lida ushlab kelayotgan do‗mbirasining qoshiga har xil 
tumorlar, munchoqlar, ipak popuklar taqilgan. (Said Ahmad) 
Turdosh otlar nimaning umumiy nomi ekanligiga koʻra bir necha turga 
boʻlinadi: 
1) shaxs otlari; 
2) narsa otlari; 
3) oʻrin-joy otlari; 
4) faoliyat-jarayon otlari. 
SHAXS OTLARI 
 
Shaxs otlari «kim?» so‗rog‗iga javob bo‗lib, shaxslarni yoshiga, yashash 
joyiga, mansab-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga
nasl-nasabiga ko‗ra nomlab keladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling