Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
31-misol.
Olma – olmalar, qalam – qalamlar, maktab – maktablar, suv – suvlar, uy – uylar. Otlarning koʻplik shakli -lar ikki xil vazifa bajaradi. 1) grammatik koʻplik; 2) uslubiy vazifa. Agar -lar qoʻshimchasi koʻplik ma‘nosini bildirsa, bu uning asl oʻz vazifasi, ya‘ni grammatik vazifasi hisoblanadi. Masalan, bolalar, kitoblar, daraxtlar kabi. Agar -lar qoʻshimchasi koʻplik ma‘nosini emas, boshqa ma‘nolarni bildirsa, bu uning uslubiy vazifasi hisoblanadi. Ko‗plik qo‗shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma‘nosidan tashqari turli qo‗shimcha ma‘no nozikliklari, uslubiy ma‘nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko‗rsatilgan holatlarda bu qo‗shimchaning qo‗llanishi uslubiy xato sanaladi. Masalan, o„nta kitoblar tarzidagi birikmada odatdagi ko‗plikni ifodalovchi -lar qo‗shimchasi noto‗g‗ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‗g‗risi o„nta kitob bo‗lishi kerak. Ko‗plik qo‗shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslublarda hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish-ta‘kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy ma‘nolarni ifodalash uchun ham qo‗llanadi. Masalan: Dadam keldilar (hurmat); Yigitcha «botir» bo„lib keldilar (kinoya); Bolalar quvonchlarga to„ldi (kuchaytirish); Alpomishlar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi. -lar qoʻshimchasi, asosan, quyidagi uslubiy ma‘nolarni ifodalaydi: 1) Hurmat. -lar qoʻshimchasi qarindoshlikni bildiruvchi ayrim shaxs otlari (ota, ona, opa, singil, xola, togʻa)ga I va II shaxs egalik qoʻshimchalaridan keyin qoʻshilsa, hurmat ma‘nosini bildiradi. Masalan: 133 Opamlar keldi. – bir nechta opasi emas, bitta opasi kelgan. I shaxs egalik qoʻshimchasi -m dan keyin kelgan -lar opaga hurmatni ifodalash uchun qoʻllangan. Opanglar keldi. – bir nechta opasi emas, bitta opasi kelgan. II shaxs egalik qoʻshimchasi -ng dan keyin kelgan -lar opaga hurmatni ifodalash uchun qoʻllangan. Bunday otlarga -lar qoʻshimchasi egalik qoʻshimchalaridan oldin qoʻshilsa, koʻplik ma‘nosini bildiradi va oʻz vazifasini bajaradi. Masalan: Opalarim keldi. – bir nechta opasi kelgan. I shaxs egalik qoʻshimchasi -im dan oldin kelgan -lar koʻplik ma‘nosini ifodalagan. Opalaring keldi. – bir nechta opasi kelgan. I shaxs egalik qoʻshimchasi -ing dan oldin kelgan -lar koʻplik ma‘nosini ifodalagan. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling