Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   310
 
18-misol.
 
Shahar, qishloq, guzar, mahalla, tuman, viloyat, ko‗cha, gulzor, olmazor, 
saylgoh, sharq, g‗arb.
19-misol.
 
gulzor, oʻtloq, guliston, sayilgoh.
 
Oʻrin-joy otlari va joy nomlarini bir-biridan farqlash kerak. Oʻrin-joy otlari 
atamasi turdosh otlarga nisbatan, joy nomlari atamasi atoqli otlarga nisbatan 
qoʻllaniladi. Masalan: shahar – oʻrin-joy oti, Toshkent – joy nomi. 
20-misol. Oʻrin-joy otlarining tagiga chizilgan. 
1. 
Qutidor 
do‗koniga jo‗nagandan keyin Oftoboyim To‗ybekani 
mehmonxonaga buyurdi va o‗zi xamir qilishga o‗tirdi. (Abdulla Qodiriy) 2. U 
shosha-pisha kiyinib, endi tashqariga chiqayotgan ham ediki, eshik ohista taqillab, 
ostonada Mehriniso ko‗rindi. (O. Yoqubov) 3. Biz ko‗chib kelgan hovli katta edi. 
Qator qilib solingan ikki uy, bir ayvon. (O„. Hoshimov) 4. Bu yerlarni qo‗riqxonaga 


129 
aylantirar emish, shuning uchun uy hayvonlarini boqish mumkin emas ekan. (Tohir 
Malik) 
 
FAOLIYAT-JARAYON OTLARI 
Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon 
otlari deyiladi. 
Faoliyat-jarayon otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(i)m, -(i)k, -(i)q, -um 
qo‗shimchalari yordamida yasaladi: ezmalik, g„allachilik, serobgarchilik, terim, 
koʻrik, qiliq, unum va hokazo. 
Faoliyat-jarayon otlari ham «nima?» soʻrogʻiga javob boʻladi va shu jihati 
bilan narsa otlariga oʻxshaydi, ammo faoliyat-jarayon otlari ma‘lum harakat-holat 
natijasini bildirishi bilan narsa otlaridan farqlanadi, ya‘ni faoliyat-jarayon otlarining 
tarkibida harakat yoki holat ma‘nosi mavjud boʻladi. 
 
21-misol.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling