131
Sodda tub otlarning tarkibida faqat soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlmasligi
lozim, lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar boʻlishi mumkin.
2) Sodda yasama otlar.
Tarkibida soʻz yasovchi qoʻshimchasi boʻlgan, affiksatsiya usuli bilan boshqa
soʻzlardan yasalgan otlardir. Masalan,
ishchi, gulzor, kitobxon, terim, paxtakor.
QOʻSHMA OTLAR
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan otlar
qo„shma ot sanaladi. Masalan:
qo„lqop, oltingugurt, beshiktervatar.
28-misol.
Qo‗ziqorin,
achchiqtosh,
uchburchak,
belkurak, belbog‗,
tustovuq,
to‗rtburchak, dunyoqarash.
Qoʻshma otlar yozilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi:
1) Qoʻshib yoziladigan qoʻshma otlar.
a) Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo‗shib
yoziladi: qorbo‗ron, qizilishton, ko‗ksulton, kungaboqar, o‗rinbosar.
b) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‗lgan atoqli otlar qo‗shib yoziladi:
Beshariq, Qorqiz, Qashqadaryo.
Do'stlaringiz bilan baham: