Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. (O‗. Umarbekov) 2. Uning chaqnoq


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   310
iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. (O‗. Umarbekov) 2. Uning chaqnoq 
ko‗zlari, siyrak qoshi, o„ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib 
turardi. (Yo‗ldosh Sulaymon) 3. G‗iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. (N. 
Fozilov) 4. Mehmon degan unaqa sergap bo‗lmaydi, – dedi u ayyorlarcha kulib. 
(Said Ahmad) 5. Bo‗m-bo‗sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. (O‗. Hoshimov) 
6. Avaz dahlizdan rangdor vassalisertokcha uyga kirdi. (P. Qodirov)
-gi (-ki, -qi) qo‗shimchasi asosan ot va ravishlardan sifat yasaydi. Bu 
qoʻshimcha orqali yasalgan sifatlarni ravishlardan farqlash lozim. Taqqoslang: hozir, 
bugun, kecha, avval, oldin, dastlab – ravish; hozirgi, bugungi, kechagi, avvalgi, 
oldingi, dastlabki – sifat. 
-(v)iy qo‗shimchasi bilan yasalgan yasama sifatlarni ham tub sifatlardan 
farqlash kerak. Agar -(v)iy dan oldingi qism yakka qoʻllana olsa, bu soʻz yasama sifat 
hisoblanadi. Masalan: tarixiy – tarix yakka qoʻllana oladi, kimyoviy – kimyo yakka 
qoʻllana oladi. 
Agar -(v)iy dan oldingi qism yakka qoʻllana olmasa, bu soʻz tub soʻz deb 
qaraladi. Masalan: jismoniy – jismon yakka qoʻllana olmaydi, tilimizda bunday soʻz 
yoʻq, siyosiy – siyos yakka qoʻllana olmaydi, tilimizda bunday soʻz yoʻq. 
Sifat yasovchi ayrim qoʻshimchalar: 
1) -li: aqlli; 
2) -siz: aqlsiz; 
3) -gi: yozgi; 
4) -ki: ichki; 
5) -qi: oʻyna + qi = oʻynoqi 
6) ser-: sersuv; 
7) ba-: batartib; 
8) -i: jannati; 
9) -aki: ogʻiz + aki = ogʻzaki; 
10) -simon: sharsimon; 
11) -don: bilimdon; 
12) -in: toʻlin; 
13) -mand: davlatmand; 
14) -kash: dilkash; 


138 
15) no-: noaniq; 
16) -lik: qishlik; 
17) -yi: fidoyi; 
18) be-: bexabar; 
19) -dor: xabardor; 
20) -(v)iy: qiyosiy, ommaviy; 
21) -chan: oʻychan; 
22) -kor: gunohkor; 
23) -parvar: xalqparvar; 
24) -parast: mansabparast; 
25) -xoʻr: gʻamxoʻr; 
26) -chi: a‘lochi; 
27) -gir: sezgir; 
28) -kir: keskir; 
29) -qir: chopqir; 
30) -gʻir: olgʻir; 
31) -choq: maqtanchoq; 
32) -chak: kuyunchak; 
33) -chiq: qizgʻanchiq; 
34) -q: achi + q = achchiq / sasi + q = 
sassiq; 
35) -iq: siniq; 
36) -uq: yumuq; 
37) -ma: yasama; 
38) -a: toʻla; 
39) -qin: sotqin; 
40) -gʻin: soʻlgʻin; 
41) -kun: tushkun; 
42) -gʻun: turgʻun; 
43) -k: chirik; 
44) -ik: oʻlik; 
45) -qoq: tirishqoq; 
46) -gʻoq: toygʻoq; 
47) -ch: tinch; 
48) -mas: yengilmas; 
49) -oq: qoʻrqoq; 
50) bar-: barkamol.
SIFATLARNING TUZILISHIGA KO„RA TURLARI
Sifatlar tuzilishiga koʻra toʻrtta turga boʻlinadi: 
1) Sodda sifatlar; 2) Qoʻshma sifatlar; 3) Juft sifatlar; 4) Takroriy sifatlar. 
SODDA SIFATLAR 
Faqat bir asosdan tarkib topgan sifatlar sodda sifat hisoblanadi. Masalan: qiyin, 
shirin, katta, aqlli, mehnatkash. 
7-misol.
baland, qora, mehribon, toʻgʻri, noaniq, behisob, iboli, sovuq, tinch, qishki.
Sodda sifatlar ham oʻz navbatida ikki turga boʻlinadi: 
1) Sodda tub sifatlar.
Tarkibida soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlmagan, boshqa soʻzlardan yasalmagan 
sifatlardir. Masalan, buyuk, oddiy, oq, koʻkish, qoraroq. 
Sodda tub sifatlarning tarkibida faqat soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlmasligi 
lozim, lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar boʻlishi mumkin. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling