Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   310
13-misol. 
 
Shirin olma, katta bino, toza suv, qiyin topshiriq, qiziq voqea, aqlli oʻquvchi. 
Sifatning oddiy darajasi hech qanday vositalarsiz ifodalanadi va boshqa 
darajalar oddiy darajadagi sifatlarga ma‘lum vositalarni qoʻshish orqali hosil qilinadi. 
Daraja ifodalovchi hech qanday koʻrsatkichga ega boʻlmagan sifatlar, odatda, oddiy 
darajada boʻladi. 
14-misol. Oddiy darajadagi sifatlarning tagiga chizilgan. 
1. Lola qizil, oq, sariq ranglarda tovlanib ochildi. (Aziz Abdurazzoq) 2. 
Maktabga qatnay boshlagandan keyin uning ko‗z o‗ngida yangi olam ochildi. (O„. 
Hoshimov) 3. Chakalakzor qorong‗ulikda vahimali va sirli ko‗rinardi. (Yo„ldosh 
Sulaymon) 4. Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza imonman. (Qodir Dehqon) 
 
ORTTIRMA DARAJA 
Belgining me‘yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja 
shakli deyiladi. 
Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo‗llar bilan hosil bo‗ladi: 


141 
1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g„oyat, juda, nihoyatda, bag„oyat, 
toʻq, lang so‗zlari keltiriladi: eng qiyin, juda qizil, g„oyat shirin, nihoyatda baland, 
toʻq qizil, lang ochiq. 
2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo‗g‗ini tovush o‗zgarishi bilan 
takrorlanadi: bus-butun, kap-katta, to„ppa-to„g„ri, qip-qizil, yam-yashil. 
15-misol. Orttirma darajadagi sifatlarning tagiga chizilgan. 
1. Hamma yoq top-toza. (O„. Umarbekov) 2. Yomg‗irda cho‗milgan ko‗z 
ilg‗amas ulkan bog‗, qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi 
gulzorlar yanada go‗zalroq, yanada 
so‗limroq ko‗rinardi. (O. Yoqubov) 3. Dunyoda eng orzumand xalq o‗zbek bo‗lsa 
ajabmas. (Rahmon Qo„chqor) 4. Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko‗ngilchan, 
zahmatkash ayol. (Muhammad Yusuf) 
 
Oppoq soʻzi ham orttirma darajadagi sifat hisoblanadi. Bu sifat orttirma 
darajani hosil qilishning yuqorida keltirilgan ikkinchi usuli orqali yuzaga kelgan va 
shu shaklda qotib qolgan. 
Orttirma daraja doimo belgini kuchaytiruvchi ma‘lum bir vosita orqali hosil 
qilinadi. 
Ayrim sifatlar oddiy daraja shaklidayoq belgini mazmunan kuchliroq 
ifodalaydi va shu jihatdan orttirma darajaga oʻxshab ketadi. Masalan, ser- 
qoʻshimchasi bilan yasalgan sifatlar shunday xususiyatga ega: sersuv, serdavlat, 
serfarzand. Ushbu sifatlar mazmunan orttirma darajada turgandek taassurot 
uygʻotadi. Buning sababi soʻz yasovchi ser- qoʻshimchasi asosdan anglashilgan 
narsa-predmet ortiq, koʻp ekanligini bildiruvchi sifatlar yasashidir, ya‘ni sersuv soʻzi 
suvi me‘yoridan koʻp degan ma‘noni bildiradi, shu tufayli yuqoridagi sifatlar aslida 
oddiy darajada boʻlsa-da, orttirma darajadagi sifatlarga oʻxshaydi. Biroq orttirma 
daraja yuqorida keltirilganidek ikki usul bilan hosil qilinadi. Mazkur sifatlarda esa bu 
ikki usulning birortasi mavjud emas. Ularning tarkibidagi ser- qoʻshimchasi esa 
orttirma daraja koʻrsatkichi emas, soʻz yasovchi qoʻshimchadir. Hech qanday daraja 
koʻrsatkichiga ega boʻlmagan sifatlar esa oddiy darajada deb qaraladi. 
Xuddi shunga oʻxshash holat ulkan soʻzida ham kuzatiladi. Bu soʻz oʻz 
ma‘nodoshi katta soʻziga nisbatan belgini mazmunan kuchliroq ifodalaydi, shuning 
uchun orttirma darajadagi sifatlarga oʻxshab ketadi, ammo unga orttirma darajani 
hosil qiluvchi biror vosita qoʻshilmagani uchun oddiy daraja shaklidadir.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling