142
2) rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarga
-(i)mtir, -ish qoʻshimchalarini qoʻshish
orqali hosil qilinadi:
qoramtir, koʻkimtir, oqish.
16-misol. Ozaytirma darajadagi sifatlarning tagiga chizilgan.
1. U duduq, xiylagina duduq bo‗lishiga qaramay sho‗x,
xushchaqchaq,
yaxshigina askiya ham qilar ekan.
(Abdulla Qahhor) 2. Xira yorug‗ ichkariga
to‗kiladi, gugurtcho‗p alanga
olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuq
kipriklari va bezovta chaqnayotgan ko‗zlarini
bir zum yoritib, asta-asta pasayib
o‗chadi.
(N. Tilabov) 3. Kalishlarni kiyib olaman. – Sag‗al katta-ku! –
deyman
sevinganimdan entikib.
(Oybek) 4.
Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi.
(Ertakdan)
Ozaytirma daraja
-(i)mtir, -ish qoʻshimchalari yordamida hosil qilinganda
rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarda fonetik oʻzgarishlar roʻy beradi.
Buni quyidagi
jadvalda koʻrish mumkin:
№
Ozaytirma darajaning hosil
qilinishi
Fonetik oʻzgarishlar
1
Sariq + ish = sargʻish
2 ta:
i tovushining tushishi va
q ning
gʻ ga
almashishi.
2
Sariq + imtir = sargʻimtir
2 ta:
i tovushining tushishi va
q ning
gʻ ga
almashishi.
3
Qizil + ish = qizgʻish
2 ta:
il qismining tushishi va
gʻ ning ortishi
Do'stlaringiz bilan baham: