Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   310
 
5-misol. Dona sonlarning tagiga chizilgan. 
1. Kecha tog‗ang berib ketgan zog‗oradan ikkitasini olib qo‗yganman, 
birgalashib choy ichamiz. 2. Nafis chayqaladi bir tup na‘matak Yuksakda shamolning 
belanchagida, Quyoshga 
ko‗tarib bir savat oq gul, Viqor-la o‗shshaygan qoya labida. (Oybek) 3. Derazamning 
oldida bir tup O‗rik oppoq bo‗lib gulladi. (Hamid Olimjon) 4. Bir tup kessang, o„n 
tup ek. (Maqol) 5. Jo‗jalardan ikkitasini kalxat oldi, qolgan ikki kam o‗ttiztasi o‗sib 
tovuq bo‗ldi. Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotib, bitta ona-
bola echki olib kelib, bularni ham boqa berdi. (Ertakdan) 
CHAMA SON 
Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab ko‗rsatadigan sonlarga chama son 
deyiladi. Ular -tacha, -lab, -larcha kabi qo‗shimchalar yordamida hosil qilinadi. 
Shuningdek, chama ma‘nosi sonlarni juftlash yo‗li bilan ham ifodalanadi: ikki-uch, 
besh-olti, o„n-o„n besh. 
6-misol. 
Oʻntacha, yuzlab, minglarcha, uch-toʻrt, besh-olti, yigirma-oʻttiz. 
Chama son hosil qiluvchi qoʻshimchalar bir soniga qoʻshilib, chama son hosil 
qila olmaydi: bittacha, birlarcha, birlab deb boʻlmaydi. 
 
Chama sonning hosil qilinishi 
№ 
Vosita 
Misol 

-tacha, -lab, -larcha qoʻshimchalari 
oʻntacha, yuzlab, minglarcha


150 
orqali 

Ikkita sanoq sonni juftlash orqali 
ikki-uch, besh-olti, o‗n-o‗n besh. 
 
 
7-misol. Chama sonlarning tagiga chizilgan. 
1. Bekatda o‗ntacha odam avtobus kutib turishardi. 2. Mashrab bilan Akmal 
esa o‗n besh-yigirma bolaga javobgar. (O. Yoqubov) 3. Shoikrom o‗n kuncha ilgari 
ishga ketayotib, birrov kirib ukasidan hol so‗ragan edi. (Oʻ. Hoshimov) 4. Yo‗q, 
uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot 
egasi go‗zal hayot qo‗shig‗ini kuylardi. (O„. Umarbekov) 5. Bayroq dastasida, 
stanokda, g‗ishtda ming-minglab qo‗llar taftini sezaman. (Asqad Muxtor
 
Sanoq sondan keyin kelgan ayrim hisob soʻzlarga -cha qoʻshimchasining 
qoʻshilishi orqali ham chama son hosil qilinishi mumkin. Masalan: Shoikrom o„n 
kuncha ilgari ishga ketayotib, birrov kirib ukasidan hol so„ragan edi. (O‗. 
Hoshimov) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling