Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Koʻrsatish olmoshlarida kuzatiladigan fonetik hodisalar


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   310
Koʻrsatish olmoshlarida kuzatiladigan fonetik hodisalar 
№ 
Izoh 
Misollar 

Kelishik qoʻshimchalari: -ga, -da, -dan 
qoʻshilganda tovush ortadi.
shu + ga = shunga, bu + da = 
bunda, 
oʻsha + dan = 
oʻshandan 

Egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda tovush 
ortadi. 
Koʻrsatish olmoshlariga III shaxs egalik 
qoʻshimchalari -i, -si ikki marta ketma-ket 
qoʻshiladi. 
shu + im = shunim, bu + ing = 
buning, shu + i + si = shunisi, 
bu + i + si = bunisi 

-day, -aqa, -cha qoʻshimchalari qoʻshilganda 
tovush ortadi. 
shu + day = shunday, bu + aqa 
= bunaqa, oʻsha + cha = 
oʻshancha 
Koʻrsatish olmoshlariga egalik qoʻshimchalarining qoʻshilishini kelishik 
qoʻshimchalarining qoʻshilishidan farqlash kerak. Chunki egalik qoʻshimchalari 
qoʻshilganda bir «n» tovushi ortadi va shaklan kelishik qoʻshimchalari qoʻshilganga 
oʻxshash boʻlib qoladi. Masalan: bu + ing = buning, bu + ning = buning. 
Bu holat quyidagicha farqlanadi: 
1) Agar buning (uning, shuning, oʻshaning) soʻzidan oldin qaratqich 
kelishigidagi biror soʻz kelsa, bu (u, shu, oʻsha) olmoshiga -ing egalik qoʻshimchasi 
qoʻshilgan va bir «n» ortgan hisoblanadi. Masalan: Sening buning hammani bezovta 
qilayotganmish. 
2) Agar buning (uning, shuning, oʻshaning) soʻzidan keyin egalik 
qoʻshimchasini olgan biror soʻz kelsa, bu (u, shu, oʻsha) olmoshiga -ning qaratqich 
kelishigi qoʻshimchasi qoʻshilgan boʻladi va bunda hech qanday tovush ortishi 
kuzatilmaydi. Masalan: Buning jazosini oʻzimiz beramiz. 
Koʻrsatish olmoshlariga III shaxs egalik qoʻshimchalari -i, -si ikki marta 
ketma-ket qoʻshiladi va bir «n» tovushi ortadi: shu + i + si = shunisi, bu + i + si = 
bunisi kabi. Bu holatni tushum kelishigi qoʻshilishidan farqlash lozim.
Solishtiring: 


157 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling