Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
TAKRORIY SONLAR
Bir sonni aynan takrorlashdan hosil boʻlgan sonlar takroriy sonlar deyiladi. Masalan: ikkita-ikkita, beshta-beshta, oʻnta-oʻnta, yuzta-yuzta. Dona sonlar takrorlanganda taqsim ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: ikkita-ikkita – ikkitadan. SONLARNING OTLASHUVI Sifatlarda boʻlgani kabi ba‘zan son bogʻlanib kelgan ot tushib qoladi va tushib qolgan otning ma‘nosi, vazifasi hamda qoʻshimchalari songa oʻtadi, bunday holatda sonlar otlashadi va ot kabi xususiyatlarga ega boʻladi. Masalan: 1) Ikkala kishi ham shu fikrni aytishdi. – Ikkalasi ham shu fikrni aytishdi. 2) Oʻninchi mayda biznikida toʻy boʻladi. – Oʻninchida biznikida toʻy boʻladi. 3) Bir daraxtni kessang, oʻn daraxtni ek. – Birni kessang, oʻnni ek. 4) Yetti marta oʻlchab, bir marta kes. – Yetti oʻlchab, bir kes. 5) Toʻqqiz yoshida boʻlmagan aql toʻqson yoshida ham boʻlmas. – Toʻqqizida boʻlmagan aql toʻqsonida ham boʻlmas. Otga xos boʻlgan egalik, kelishik, koʻplik qoʻshimchalarini olgan yoki otning «kim?», «nima?» kabi soʻroqlariga javob boʻlgan har qanday son otlashgan hisoblanadi. Masalan: Qizigʻi shundaki, ikkalasining ham fikri bir joydan chiqdi. Toʻrtovlon tugal boʻlsa, koʻkdagini indirar, oltovlon ola boʻlsa, ogʻzidagin oldirar. (Kim tugal boʻlsa? – Toʻrtovlon.) 155 OLMOSH Barcha mustaqil so‗z turkumlari, so‗z birikmasi va gap o‗rnida almashinib qo‗llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‗roq bildiruvchi so‗zlar olmosh hisoblanadi. Masalan: Kitobni ko„p o„qisangiz, undan ko„p hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo„lsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‗zi (ot) o‗rnida, ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo„lsin gapi o‗rnida qo‗llanilgan. Olmoshlarning aniq atash ma‘nosi bo‗lmaydi. Uning qaysi ma‘noda kelayotgani matnda qaysi so‗z yoki gap o‗rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Ya‘ni olmosh ot oʻrnida kelsa otning, sifat oʻrnida kelsa sifatning, fe‘l oʻrnida kelsa fe‘lning ma‘nosini bildiradi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling