Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   310
 
 
 


152 
TARTIB SONLAR 
Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib sonlar deyiladi. U
-(i)nchi qo‗shimchasi yordamida yasaladi. 
Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda-(i)nchi qo‗shimchasi o‗rnida arab 
raqamidan so‗ng chiziqcha yoziladi: 9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari 
bilan ifodalanganda, chiziqcha qo‗yilmaydi. 
14-misol. 
Birinchi, ikkinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi, o‗ninchi. 
 
 
 
HISOB SOʻZLAR 
 
Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so‗z o‗rtasida qo‗llanilib, 
bu narsaning o‗lchovini bildiradigan so‗zlar hisob so„zlari hisoblanadi. Masalan: uch 
etak paxta. Bunda uchsanoq son, paxtasanaladigan narsa, ularning oʻrtasida 
kelgan etak – hisob soʻz. 
15-misol.  
Bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak, uch etak paxta, o‗n chelak suv, 
bir savat non, besh chelak olma, o‗n litr benzin, yuz gramm shakar, o‗n metr atlas. 
Hisob soʻzlar ikki turga boʻlinadi: 
1) Sof hisob soʻzlar. 
Bunday hisob soʻzlar faqat hisob-oʻlchov ma‘nosini bildiradi va alohida hech 
qanday ma‘noga ega emas. Sof hisob soʻzlar matn tarkibida ham, alohida olinganda 
ham doimo hisob soʻz ma‘nosini ifodalaydi. Masalan, kilogramm soʻzi matn tarkibida 
kelganda ham (Ikki kilogram goʻsht oldim kabi), alohida olinganda ham (kilogramm 
kabi) faqat bir ma‘noni – ogʻirlik ma‘nosinigina ifodalaydi, uning boshqa ma‘nosi 
yoʻq, shuning uchun sof hisob soʻzdir.
Quyidagi jadvalda sof hisob soʻzlarning ayrimlari keltirilgan. 
№ Oʻlchov turlari 
Oʻlchov birliklari 
Tarixiy oʻlchov birliklari 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling