Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-misol. Uchovi, toʻrtovi, beshalasi, oltovlon, yettovlon.
JAMLOVCHI SON Narsalarning miqdorini jamlab ko‗rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular -ov, -ala, -ovlon kabi qo‗shimchalar yordamida hosil qilinadi. -ov, -ala qo‗shimchalari faqat ikkidan o‗ngacha bo‗lgan sonlarga qo‗shilib, jamlik ma‘nosini ifodalaydi. Bu qo‗shimchalar unli bilan tugagan ikki, olti, yetti kabi sanoq sonlarga qo‗shilganda, asos qismdagi i unlisi tushib qoladi: ikki + ala = ikkala, olti + ov = oltov, yetti + ovlon = yettovlon. 8-misol. Uchovi, toʻrtovi, beshalasi, oltovlon, yettovlon. Bir sonidan jamlovchi son hosil qilib boʻlmaydi. Bir soʻziga -ov qoʻshimchasi qoʻshilib, «kimdir» degan ma‘noda qoʻllanadigan birov soʻzi son ma‘nosini yoʻqotib, olmosh turkumiga oʻtgan. Jamlovchi sonlar koʻpincha egalik, kelishik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qiladi. Bunday holatda ular otlashadi. Masalan: Ikkalang birga borasan. Beshalasi ham shu fikrni ma‟qullashdi. Shundan kelib chiqib, quyidagi ikki holatda jamlovchi sonlarni otlashgan deyish mumkin: 1) Egalik, kelishik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qilgan boʻlsa. Masalan: Uchoving shu yerda kutasan. Qizigʻi shundaki, ikkalasining ham fikri bir joydan chiqdi. Toʻrtovlaring darsdan keyin oldimga kirasan. 2) Jamlovchi son otning «kim?», «nima?» kabi soʻroqlariga javob boʻlsa. Masalan: Toʻrtovlon tugal boʻlsa, koʻkdagini indirar, oltovlon ola boʻlsa, ogʻzidagin oldirar. (Kim tugal boʻlsa? – Toʻrtovlon.) 9-misol. Jamlovchi sonlarning tagiga chizilgan. 1. Ikkalamiz tepalik orqasiga o‗tib qarasak, bir chuqurga tushib qolgan To‗rtko‗z badanidan qon oqib ingrab yotibdi. (G„ayratiy) 2. Umidjon jon holatda ikkala qo‗li bilan boshini ushlab: «Yo‗q, kerak emas, podshoh bo‗lmayman», deya qichqirib yubordi. (N. Aminov) 3. Har uchala mehmon: «Biz, farosatsizlarni 151 kechiring, otaxon», deya mezbonning oyog‗iga yiqilishdi. (N. Aminov). 4. Ikkovlon dalaning poynagiga qarab yurdilar. (G‗afur G‗ulom) TAQSIM SON Narsalarning miqdorini taqsimlab ko‗rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Ular -tadan qo‗shimchasi yordamida hosil qilinadi. Shuningdek, dona sonni takrorlash orqali ham taqsim son ma‘nosini ifodalash mumkin. Masalan: Har biriga beshta-beshta shirinlik berdim. – Har biriga beshtadan shirinlik berdim. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling