Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310
 
SON 
 
Narsalarning son-sanog‗i va tartibini bildirib, «qancha?», «necha?», 
«nechanchi?» so‗roqlariga javob bo‗ladigan so‗zlar son deyiladi. 
 
1-misol. Sonlarning tagiga chizilgan. 
1. Ikki soatlar eshakda yurib, tog‗dan tog‗ga o‗tib andak toliqqan edim. (I. 
G„afurov) 2. Yetimlik nimadir, bizlardan so‗ra, O‗ninchi yillarning sargardonligi... 
Isitma aralash qo‗rqinch tush 
kabi Xayol ko‗zgusidan o‗chmaydi sira. (G„afur G„ulom) 3. Globusda bo‗lgan har 
kichik nuqta, Millionlab qondoshga vatan, albatta. (G„afur G„ulom) 4. Beruniy 
Amerika qit‘asining borligini Kolumbdan 450 yil avval taxminlagan. (Asqad Muxtor) 
 
 
 


148 
SONLARNING MA‟NO GURUHLARI 
 
 
Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini 
bildiradi. Shunga ko‗ra sonlar ikki guruhga bo‗linadi:
1) miqdor sonlar;
2) tartib sonlar. 
 
MIQDOR SONLAR 
 
 
Narsa-predmetlar, 
belgi-xususiyatlar, 
harakat 
holatlarning 
miqdorini 
bildiruvchi sonlar miqdor sonlar deyiladi. Miqdor sonlar ma‘lum miqdorni turli xil 
tarzda ifodalashi mumkin, shuning uchun miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga 
ko‗ra quyidagi olti turga boʻlinadi: 1) sanoq sonlar; 2) dona sonlar; 3) chama sonlar;
4) taqsim sonlar; 5) jamlovchi sonlar; 6) kasr sonlar. 
 
SANOQ SON 
 
Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar yozuvda
ko‗pincha, arab raqami bilan yoziladi. 
Sanoq son sonning bosh shakli hisoblanadi, sonning qolgan barcha turlari 
sanoq sonlarga ma‘lum vositalarni qoʻshish orqali hosil qilinadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling