Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


  SIFATLARNING OTLASHUVI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   310
 


145 
SIFATLARNING OTLASHUVI 
Sifat bog‗lanib kelgan ot ba‘zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning 
ma‘nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko‗plik 
qo‗shimchalari bilan o‗zgarish xususiyatiga ega bo‗ladi va ot bajargan sintaktik 
vazifalarda keladi. 
21-misol.
1. Yaxshidan bog‗ qoladi, yomondan – dog‗. / Yaxshi odamdan bogʻ qoladi, 
yomon odamdan – dogʻ. (Maqol) 2. Ilg‗orlarga mukofotlar topshirildi. / Ilgʻor 
ishchilarga mukofotlar topshirildi. 
Sifat koʻpincha otga bogʻlanib, undan oldin keladi va oʻzidan keyin kelayotgan 
otning turli belgisini bildiradi. Masalan: Sinfimizda bilimdon oʻquvchilar koʻp. Ushbu 
gapda bilimdon sifati oʻquvchilar otidan oldin kelib, uning xususiyat belgisini 
bildirmoqda (qanday oʻquvchilar? – bilimdon oʻquvchilar). Ba‘zan nutqiy 
ixchamlikka erishish maqsadida sifat bogʻlangan, undan keyin kelayotgan ot tushirib 
qoldiriladi va tushib qolgan otning ma‘nosi, qoʻshimchasi va vazifasi sifatga oʻtadi. 
Masalan: Sinfimizda bilimdon oʻquvchilar koʻp. / Sinfimizda bilimdonlar koʻp
Bunda bilimdon sifatidan keyin kelgan oʻquvchilar oti nutqda tushib qolib, uning 
barcha xususiyatlari sifatga oʻtmoqda. Bunday hodisa sifatlarning otlashuvi 
deyiladi. 
Sifatlar otlashganda quyidagi holatlar yuz beradi: 
1) Otlashgan sifat deyilganda oʻzi sifat boʻlsa-da, otning ma‘nosini bildirgan va 
otning vazifasini bajargan sifatlar tushuniladi. Ya‘ni sifat otlashganda ot turkumiga 
oʻtib ketmaydi, sifatligicha qolaveradi, faqat otlashgan sifatlar sifatning ma‘no va 
vazifasini emas, otning ma‘no-vazifasini bajaradi. Masalan: Keksa kishilar katta 
hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida keksa sifat, Keksalar katta hayotiy tajribaga 
ega bo„ladilar gapida ham keksa sifat. 
2) Sifat otlashganda oʻzidan keyin kelgan va nutqda tushib qolgan otning 
ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo„ladilar 
gapida keksa sifati «qanday?» degan soʻroqqa javob boʻlib belgi ma‘nosini, ya‘ni 
sifatning oʻz ma‘nosini bildirgan: qanday kishilar? – keksa kishilar. Keksalar katta 
hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida esa keksa sifati otlashib, tushib qolgan otning 
shaxs ma‘nosini oʻziga qabul qilgan va «kimlar» soʻrogʻiga javob boʻlgan. Umuman, 
sifat otlashganda oʻzining asl soʻroqlari – «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga emas, 
otning soʻroqlari – «kim?», «nima?», «qayer?» soʻroqlariga javob boʻladi.
3) Sifat otlashganda tushib qolgan otning qoʻshimchalarini oʻziga qabul qiladi. 
Yuqoridagi gapda keksa sifati otlashib, tushib qolgan ot – kishilar soʻziga qoʻshilgan 
-lar qoʻshimchasini oʻziga qabul qilgan (keksalar tarzida). Umuman, agar sifatga 
otning qoʻshimchalari boʻlgan egalik, kelishik va koʻplik qoʻshimchalaridan birortasi 
qoʻshilgan boʻlsa, bunday sifatlar otlashgan sanaladi. 
4) Sifat otlashganda tushib qolgan otning sintaktik vazifasi sifatga oʻtadi. 
Masalan: Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida keksa soʻzi 
sifatlovchi aniqlovchi, kishilar soʻzi ega vazifasini bajargan boʻlsa, Keksalar katta 


146 
hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida otlashgan keksalar soʻzi ega vazifasini 
bajargan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling