143
Birinchi gapdagi
yanada qiyinroq birikmasida sifatga birdaniga ikkita
daraja
koʻrsatkichi:
yanada (orttirma daraja)
va -roq (qiyosiy daraja) qoʻshilgan.
Ikkinchi
gapdagi
koʻkimtirroq sifatiga esa ikkita daraja qoʻshimchalari
-imtir (ozaytirma
daraja) va
-roq (qiyosiy daraja) birvarakayiga qoʻshilgan. Bunday holatda sifatning
qaysi darajada ekanligi quyidagicha aniqlanadi:
1) Agar sifat oldidan daraja ifodalovchi soʻz keltirilib, undan soʻng daraja
bildiruvchi qoʻshimcha qoʻshilsa, oldindagi soʻzga qarab daraja belgilanadi.
Yuqoridagi
yanada qiyinroq birikmasida
yanada – daraja ifodalovchi soʻz,
-roq –
daraja ifodalovchi qoʻshimcha. Bunda oldindagi soʻz
orttirma daraja vositasi
boʻlganligi uchun
yanada qiyinroq birikmasidagi sifat orttirma darajada deb qaraladi.
2) Agar sifat asosiga ketma-ket ikki xil daraja qoʻshimchasi qoʻshilsa, soʻnggi
qoʻshimchaga qarab daraja belgilanadi.
Koʻkimtirroq sifatida asosga ozaytirma va
qiyosiy daraja shakllari ketma-ket qoʻshilgan:
koʻk + imtir + roq. Oxirgi qoʻshilgan
qoʻshimcha qiyosiy daraja shakli boʻlganligi uchun bu sifat qiyosiy darajada
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: