Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIFATLARNI BOSHQA SOʻZ TURKUMLARIDAN FARQLASH
- Belgi ma‟nosini bildiruvchi va «qanday», «qanaqa» soʻroqlariga javob boʻlishi mumkin boʻlgan soʻz turkumlarining bir-biridan farqlanishi № Turkum
22-misol.
1. Yomonning bir qilig‗i ortiq. / Yomon odamning bir qilig‗i ortiq. 2. Dono – durdan a‘lo. / Dono odam – durdan a‘lo. 3. Baxilning qo‗lida oy bo‗lsa, olamni yoritmas. / Baxil odamning qo‗lida oy bo‗lsa, olamni yoritmas 4. Kattaga katta bo‗l, kichikka – kichik. / Katta odamga katta bo‗l, kichik odamga – kichik. 5. Hunarli o‗lmas, hunarsiz kun ko‗rmas. / Hunarli odam o‗lmas, hunarsiz odam kun ko‗rmas 6. Achchiqni achchiq kesar. / Achchiq narsani achchiq narsa kesar. SIFATLARNI BOSHQA SOʻZ TURKUMLARIDAN FARQLASH Oʻzbek tilida bir qator soʻz turkumlari belgi ma‘nosini bildiradi va koʻpincha ular ham sifatlar kabi «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻlishi mumkin. Shu tufayli ularni sifatlardan farqlash lozim. Quyidagi jadvalga e‘tibor qiling: Belgi ma‟nosini bildiruvchi va «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻlishi mumkin boʻlgan soʻz turkumlarining bir-biridan farqlanishi № Turkum Misollar Izoh 1 Sifat uzun yoʻlak, siniq piyola, chiroyli koʻylak. Sifatlar predmetlarning xususiyati, hajm-oʻlchovi, rang-tusi, maza-ta‘mi, hidi va oʻrin-vaqtga xos belgilarini bildiradi. 2 Ot tosh yoʻlak, yogʻoch qoshiq, atlas koʻylak Ba‘zan bir ot ikkinchi otning oldidan kelganda birinchi ot ikkinchi otning belgisini bildiradi va sifat kabi «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻladi, sifatning vazifasini bajaradi. Bunday otlar sifat vazifasini bajargan otlar hisoblanadi. Masalan, tosh yoʻlak birikmasida tosh ham, yoʻlak ham ot boʻlib, yoʻlak soʻzidan oldin kelgan tosh soʻzi belgi ma‘nosini bildirgan va «qanday?» soʻrogʻiga javob boʻlgan (qanday yoʻlak? – tosh yoʻlak). Bunday holatlarda otlar sifatlarga oʻxshash boʻlib qoladi. Ular quyidagicha farqlanadi: 1. Sifatlar doimo, ya‘ni nutqdan tashqarida yakka oʻzi kelganda ham (uzun kabi), nutq tarkibida boshqa soʻzlarga bogʻlanib kelganda ham (uzun yoʻlak kabi) belgi ma‘nosini bildiradi va «qanday?» «qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻladi. Shuning uchun uzun yoʻlak birikmasida uzun – sifat. 2. Sifat vazifasini bajargan otlar esa faqat nutq tarkibidagina «qanday?» soʻrogʻiga javob boʻladi (qanday yoʻlak? – tosh yoʻlak kabi), nutqdan tashqarida yakka oʻzi kelganda «nima?» soʻrogʻiga 147 javob boʻladi (tosh – nima?). Shuning uchun tosh yoʻlak birikmasida tosh sifat emas, ot. Demak, sifat vazifasini bajargan otlarni haqiqiy sifatlardan farqlash uchun ularni nutqdan tashqariga chiqarib, yakka oʻziga savol berish lozim. 3 Sifatdosh singan piyola, kiyilgan koʻylak Sifatdoshlar fe‘l turkumiga mansub soʻzlar boʻlib, fe‘l asoslariga -gan, -(a)yotgan, -adigan, -ydigan, -(a)r qoʻshimchalarini qoʻshish orqali hosil qilinadi: oʻqi – oʻqigan (bola), oʻyna – oʻynayotgan (qiz), ishla – ishlaydigan (ishchi), oq – oqar (daryo). 4 Ravish tez gapirdi, doʻstona xayrlashdi. Sifat va ravishlar asosan quyidagicha farqlanadi: 1) Sifatlar asosan narsa-predmetning, ya‘ni otning belgisini bildirsa, ravishlar harakat-holatning, ya‘ni fe‘lning belgisini bildiradi. Masalan: qiziqarli kitob; sekin oʻqimoq. 2) Sifatlar xususiyat, hajm-oʻlchov, rang-tus, maza- ta‘m, hid va oʻrin-vaqtga xos belgi ma‘nolarini bildirsa, ravishlar holat, payt, oʻrin, sabab, maqsad, daraja-miqdor kabi belgilarni ifodalaydi. 5 Ravishdosh berilib hikoya qildi, yigʻlab aytib berdi. Ravishdoshlar fe‘l turkumiga mansub soʻzlar boʻlib, fe‘l asoslariga -(i)b, -a /-y, -gach, -guncha, -gancha, -gani qoʻshimchalarini qoʻshish orqali hosil qilinadi: qiynalib yurmoq, shoshib kelmoq, oʻtirib oʻqimoq. 6 Taqlid soʻz qars-qurs ovoz, lip-lip holat Sifatlar xususiyat, hajm-oʻlchov, rang-tus, maza- ta‘m, hid va oʻrin-vaqtga xos belgi ma‘nolarini bildirsa, taqlid soʻzlar esa faqat ovoz va holat ma‘nolarini ifodalaydi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling