Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


) Toʻdalab, guruhlab ifodalovchi hisob soʻzlar


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   310
2) Toʻdalab, guruhlab ifodalovchi hisob soʻzlar: gala, toʻp, toʻda, guruh, 
dasta, bogʻ, quchoq, hovuch kabi.
Masalan, Bir dasta gul oldim gapida dasta soʻzi bir nechta gullarni yigʻib 
ifodalagan, ya‘ni bir qancha gullar yigʻilsa, dasta boʻladi. 
Hisob soʻzlarning barchasi ot soʻz turkumiga mansubdir. 
SONLARNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI 
Sonlar tuzilishiga koʻra toʻrtta turga boʻlinadi: 
1) Sodda sonlar; 2) Qoʻshma sonlar; 3) Juft sonlar; 4) Takroriy sonlar. 
SODDA SONLAR 
Faqat bir asosdan tarkib topgan sonlar sodda son hisoblanadi. Masalan: bir, 
ikki, besh, oʻn, qirq, yuz, ming. 
№ 
Soʻz 
Misol 

Chelak 
1) Ikki chelak suv olib keldim. – hisob soʻz
2) Ikki chelakni ham sindirib qoʻydim. – hisob soʻz emas. 

Piyola 
1) Bir piyola choy ichdi. – hisob soʻz. 
2) Piyolani egasiga qaytarib berdi. – hisob soʻz emas. 

Savat 
1) Bir savat non olib kelishdi. – hisob soʻz. 
2) Savatni koʻtarib, bozorga ketdi. – hisob soʻz emas. 

Qop 
1) Aravaga uch qop mayiz ortib, bozorga joʻnadi. – hisob soʻz. 
2) Uchala qopi ham teshilgan ekan. – hisob soʻz emas. 


154 
Oʻzbek tilida son yasalish tizimiga ega emas, shuning uchun sodda sonlar 
deganda faqatgina tub sonlar tushuniladi. Tilimizda keng qoʻllaniladigan 23 ta tub 
son mavjud boʻlib, ularning toʻqqiztasi birliklar (bir, ikki, … toʻqqiz), toʻqqiztasi 
oʻnliklar (oʻn, yigirma, … toʻqson), qolganlari esa undan katta sonlar (yuz, ming, 
million, milliard…) hisoblanadi. Demak, oʻzbek tilida 23 ta sodda son bor deb 
qaraladi. 
QOʻSHMA SONLAR 
 
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sonlar qo„shma son sanaladi. 
Masalan: oʻn toʻrt, oʻttiz sakkiz, yetmish bir, besh yuz oʻttiz ikki, ikki ming yigirma. 
 
Boshqa soʻz turkumlaridan farqli ravishda qoʻshma sonlar yasama soʻz 
hisoblanmaydi. 
JUFT SONLAR 
Ikki sonning juftlashishidan hosil boʻlgan sonlar juft sonlar deyiladi. Masalan: 
ikki-uch, besh-olti, oʻn-oʻn besh, oʻttiz-qirq. 
Juft sonlar koʻpincha chama ma‘nosini ifodalaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling