Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   310
GUMON OLMOSHLARI 
So‗roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‗shimchasini qo‗shish yo‗li bilan gumon 
olmoshlari hosil qilinadi. 
Alla- qo‗shimchasi so‗roq olmoshlari oldidan, -dir qo‗shimchasi esa so‗roq 
olmoshlari so‗ngidan qo‗shiladi. 
Har ikki qo‗shimcha asos qism bilan qo‗shib yoziladi. 
Narsa so‗zi faqat alla- qo‗shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. 
 
Bir so‗zi kishi, narsa, nima kabi so‗zlarga qo‗shilib, bu so‗zlarga gumon 
ma‘nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari 
bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‗zi gumon olmoshi o‗rnida 
qo‗llangan bo‗ladi. Shu bilan birga birov so‗zi ham kimdir so‗zi bilan erkin almashina 
olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. 
Gumon olmoshlari 
№ 
Hosil boʻlish usuli 
Olmoshlar 

soʻroq olmoshlari + -dir 
kimdir, nimadir, qaysidir, qandaydir, qachondir, 
qanchadir 

alla- + soʻroq 
olmoshlari 
allakim, allanima, allanarsa, allaqaysi, allaqanday, 
allaqancha 

bir + kishi, narsa, nima 
bir kishi, bir narsa, bir nima / birov 
Alla- qoʻshimchasi faqat soʻroq olmoshlari va narsa soʻziga qoʻshilib, gumon 
olmoshlarini hosil qiladi. Bu qoʻshimcha boshqa soʻzlarga qoʻshilsa, yasama 
ravishlar hosil boʻladi: allamahal, allavaqt, allapayt.
7-misol. Gumon olmoshlarining tagiga chizilgan. 
1. Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‗tarmanmi, 
allanima baloga turtinib ketdim. (Abdulla Qahhor) 2. Shorahim ko‗z yoshidan hech 
narsani ko‗rmay, allanimalar deb g‗udrandi. (O. Yoqubov) 3. Allaqayerdan oyim 
paydo bo‗ldi. (O„. Hoshimov) 4. Aniq yili esimda yo‗q, Allaqaysi zamonda Bir 
qishloqda ota-o‗g‗il Yashar ekan omonda. (A.Oripov) 5. Hovlida allakimning qorasi 
ko‗rindi. (Oybek) 6. Birovning aybini senga aytgan sening aybingni ham birovga 
aytadi. (Maqol) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling