Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kishilik olmoshlari Shaxs Birlik Koʻplik I Men Biz II Sen Siz(lar) III
KISHILIK OLMOSHLARI
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. So‗zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‗zga, ya‘ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‗plik ma‘nosini bildiradi. Ba‘zan biz, siz, ular birlik ma‘nosida ham qo‗llaniladi. Biz birlik ma‘nosida qo‗llanganda, kamtarlik, bajargan ishida o‗zini ta‘kidlamaslik ma‘nosini bildiradi. 158 Masalan: Mening uyim o‗rniga Bizning uyimiz. Men g„olib chiqdim o‗rniga Biz g„olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma‘nosini ham bildiradi. Masalan: Sen kelding o‗rniga Siz keldingiz, U keldi o‗rniga Ular keldilar. Dadam shaharda ishlaydi, ular bugun uyga qaytadi. Siz hurmat ma‘nosini bildirganda, ko‗pincha ko‗plik ma‘nosini ifodalash uchun unga -lar qo‗shimchasi qo‗shiladi. Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo„lsin. Kishilik olmoshlari Shaxs Birlik Koʻplik I Men Biz II Sen Siz(lar) III U Ular Kishilik olmoshlarida kuzatiladigan fonetik hodisalar № Fonetik hodisa Izoh Misollar 1 Tovush tushishi Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‗shimchalari qo‗shilganda, talaffuzda bir n tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi. men + ning = mening; sen + ni = seni; men + niki = meniki. 2 Tovush ortishi U olmoshiga -ga- -da, -dan qo‗shimchalari qo‗shilganda, talaffuzda bir n tovushi ortadi va shunday yoziladi. u + ga = unga u + da = unda; u + dan = undan. U kishilik olmoshi va u koʻrsatish olmoshini bir-biridan farqlash lozim. Ular quyidagicha farqlanadi: 1) U kishilik olmoshi «kim» soʻrogʻiga javob boʻladi va asosan shaxs ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: U bugun keladi. (Kim bugun keladi? – U) 2) U koʻrsatish olmoshi esa «qaysi?» soʻrogʻiga javob boʻladi va gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: U kishi bugun keladi. (Qaysi kishi bugun keladi? – u kishi) Kishilik olmoshlariga egalik qoʻshimchalari hech qachon qoʻshilmaydi, shuning uchun egalik shakllarini olgan unim, unisi kabi soʻzlar, albatta, koʻrsatish olmoshlari hisoblanadi. 4-misol. Kishilik olmoshlarining tagiga chizilgan. 1. Mening og‗am ichinda, Soqollari tashinda (makkajo‗xori). 2. Iloji bo‗lsa, unga bildirmaylik. (Cho„lpon) 3. To‗ybekaning shuningdek hangamalari boshqa vaqtlarda Kumushni yaxshigina kuldirsa ham, hozir unga yotishib kelmadi. (AbdullaQodiriy). 4. Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchiqlanding, ammo kelib-kelib bu kun seni o‗shanga berdilar. (Abdulla Qodiriy) 5. Sening qancha puling bor edi? – deb so‗radi mirshab sho‗rlik kosib yigitdan. (G„afur G„ulom) 6. Mustaqillik bizga milliy ma‘naviyat olamini ochib berdi. (J. Razzoqov) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling