Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


SOʻZ YASOVCHI QOʻSHIMCHALAR BILAN RAVISH YASALISHI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   310
    Bu sahifa navigatsiya:
  • -namo
 
SOʻZ YASOVCHI QOʻSHIMCHALAR BILAN RAVISH YASALISHI. 
RAVISH YASOVCHI QO„SHIMCHALAR 
-cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‗shimchalari ot, sifatga qo‗shilib 
ravish yasaydi. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar bilan yasalgan ravishlar sodda yasama 
ravishlar deyiladi. 
1) -cha: eskicha, tirnoqcha; 
2) -lab: ertalab, yillab; 
3) -larcha: otalarcha, mardlarcha; 
4) -ona: doʻstona; 
5) -an: majburan, taxminan; 
6) -siz: toʻxtovsiz; 
7) -lay 
(-layin): 
xomlay, 
butunlayin; 
8) -siga: yoppasiga; 
9) -chasiga: 
yigitchasiga, 
mardchasiga; 
10) 
-namo: uyalgannamo; 
11) 
be-: betoʻxtov; 


166 
12) 
-ligicha: xomligicha; 
13) 
-(i)ncha: 
koʻpincha, 
oʻgʻrincha; 
14) 
-in (-un): qishin-yozin
ostin-ustun
3-misol.
Eskicha, yangicha, o‗zicha, yillab, qahramonona, qatorasiga, erkakchasiga, 
saharlab, vijdonan, bolalarcha. 
Ravish yasovchi -cha qoʻshimchasi otlarning kichraytirish-erkalash shakli -cha 
bilan shakldosh hisoblanadi. Ular quyidagicha farqlanadi: 
1) Ravish yasovchi -cha qoʻshimchasi kabi, singari koʻmakchilar va -dek, -day 
qoʻshimchalari bilan ma‘nodosh boʻladi va ular bilan erkin almashadi. Masalan: 
Yigitcha ishladi – Yigit kabi ishladi. 
 
Shuningdek, -cha qoʻshimchasi ravish yasovchi boʻlganda bunday qoʻshimcha 
bilan yasalgan soʻzlar «qanday?», «qancha?» soʻroqlariga javob boʻladi: Otasi 
eskicha fikrlaydigan odam edi. Sizning gaplaringizda tirnoqcha asos yoʻq. 
-cha ravish yasovchi qoʻshimcha boʻlganda urgʻu olmaydi. 
2) otlarning kichraytirish-erkalash shakli -cha qoʻshimchasi vazifasiga koʻra 
lugʻaviy shakl yasovchi boʻlib, kichkina soʻzi bilan almashadi. Masalan: Yigitcha 
ishladi – Kichkina yigit ishladi. 
-cha otlarning kichraytirish-erkalash shakli boʻlganda urgʻu oladi. 
Ravish yasovchi -lab, -larcha qoʻshimchalari chama son hosil qiluvchi -lab, -
larcha qoʻshimchalari bilan shakldosh boʻlib, bir-biridan quyidagicha farqlanadi: 
1) Bu qoʻshimchalar songa qoʻshilsa, chama son hosil qiluvchi lugʻaviy shakl 
yasovchi qoʻshimchalar deb qaraladi. Masalan: oʻnlab, yuzlarcha
2) Bu qoʻshimchalar sondan boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat)ga qoʻshilsa, 
ravish yasovchi hisoblanadi. Masalan: saharlab, mardlarcha

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling