165
9-mavzu:
RAVISH. YORDAMCHI SOʻZLAR.
UNDOV, TAQLID, MODAL SOʻZLAR.
Harakat-holatning
bajarilish tarzi, payti, o‗rni, daraja-miqdori kabi belgilarini
bildiruvchi va «qanday?», «qachon?», «qayer (-ga, -da, -dan)?», «qancha?»
singari
so‗roqlarga javob bo‗luvchi so‗zlar
ravish deyiladi.
1-misol.
Sekin yurmoq, tez oʻqimoq, bugun kelmoq, ichkariga kirmoq, koʻp uxlamoq,
atayin gapirmoq.
RAVISHLARNING YASALISHI. TUB VA YASAMA
RAVISHLAR
Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‗linadi. Yasama ravishlar qo‗shimchalar
qo‗shish, asos qismni juft va takror qo‗llash yoki ikki asosni biriktirish yo‗li
bilan
hosil qilinadi.
Tuzilishiga ko‗ra ravishlarning sodda, qo‗shma,
juft va takroriy turlari
farqlanadi.
2-misol.
Hamisha, doim, kecha, bugun, ertaga, qoʻqqisdan, avval, keyin, sekin – tub
ravishlar; ertalab, yoppasiga, mardona,
har kuni, bir vaqt,
qator-qator, birin-ketin,
ustma-ust – yasama ravishlar.
Tubdan, to„satdan, qo„qqisdan, rostdan, birdan, kechalari, avvallari, so„ngra,
kechasi, kunduzi jo„rttaga kabi ravishlar tarkibida -ga, -da, -dan kelishik
qoʻshimchalari,
-i, -si egalik qoʻshimchalari va
-lar koʻplik qoʻshimchasi asos bilan
mustahkam birikib, hozirgi kunda ajralmas holga kelgan.
Shuning uchun bunday
ravishlar tarkibida qoʻshimcha yoʻq deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: