YASALISHI.
JUFT VA TAKRORIY RAVISHLAR
Boshqa soʻz turkumlaridan farqli tarzda ravishlar soʻzlarni juftlash va
takrorlash yoʻli bilan ham yasalishi mumkin. Masalan: omon-eson, nari-beri, birin-
ketin – juftlash orqali yasalgan yasama ravishlar; es-es, chelak-chelak, qator-qator –
takrorlash orqali yasalgan ravishlar.
Har qanday juft va takroriy ravishlar yasama hisoblanavermaydi. Masalan,
asta-sekin, tez-tez, sekin-sekin, koʻp-koʻp, oz-oz kabi juft va takroriy ravishlar yasama
emas.
Ikkita holatda juft va takroriy ravishlar yasama ravish sanaladi:
1) Soʻzlar juftlashganda va takrorlanganda yangi ma‘no kasb etayotgan boʻlsa.
Masalan: chelak soʻzi yakka holatda predmetlik ma‘nosini bildiradi va «nima?»
soʻrogʻiga javob boʻladi, uning takrorlanishidan hosil boʻlgan chelak-chelak soʻzi esa
daraja-miqdor ma‘nosini ifodalaydi va «qancha?» soʻrogʻiga javob boʻladi. Bu yerda
predmetlik ma‘nosidan yangi ma‘no – miqdor ma‘nosi kelib chiqayotgani uchun
chelak-chelak soʻzi takrorlash orqali yasalgan ravish hisoblanadi. Ammo asta soʻzini
takrorlab, asta-asta soʻzini hosil qilganimizda hech qanday yangi ma‘no hosil
boʻlmaydi, chunki har ikki holatda ham «sekin» degan ma‘no saqlangan. Shuning
uchun asta-asta ravishi tub takroriy ravish sanaladi.
2) Boshqa soʻz turkumlari juftlanib yoki takrorlanib ravishga oʻtsa, yasama
ravishlar hisoblanadi. Masalan, omon va eson soʻzlari alohida holatda sifat sanaladi,
ular juftlashganda omon-eson yasama ravishi hosil boʻladi. Qator soʻzi ham yakka
holatda ot hisoblanadi, takrorlanganda esa yasama ravish hosil boʻladi: qator-qator.
Ammo ravishning oʻzi takrorlanganda yasama boʻlmaydi. Masalan: sekin-sekin, koʻp-
koʻp, tez-tez.
RAVISHLARNING MA‟NO TURLARI
Ravishlar ma‘nosiga ko‗ra holat, payt, o‗rin, miqdor-daraja, maqsad-sabab
ravishlariga bo‗linadi.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |