Ravishlarni vazifadosh koʻmakchilardan farqlash
№
Turkum
Izoh
Misollar
1
Vazifadosh
koʻmakchi
Avval, oldin, ilgari, keyin, soʻng, beri,
buyon, tashqari kabi soʻzlar chiqish
kelishigi (-dan)ni olgan soʻzlardan
yoki aniq paytni bildiruvchi soʻzlardan
keyin kelsa va oʻzidan oldingi soʻz
bilan umumiy bitta soʻroqqa javob
boʻlib, bitta gap boʻlagi vazifasini
bajarsa,
vazifadosh
koʻmakchi
hisoblanadi.
1) Soʻylashdan avval
oʻyla.
2)
Darsdan
keyin
kutubxonaga boramiz.
3) Biz u bilan soʻnggi
marta ikki yil oldin
uchrashgan edik.
2
Ravish
Avval, oldin, ilgari, keyin, soʻng, beri,
buyon, tashqari kabi soʻzlar oʻzi yakka
kelsa va alohida soʻroqqa javob boʻlsa,
ravish hisoblanadi.
1) Avval oʻyla, keyin
soʻyla.
2)
Keyin
u
yoqqa
oʻtamiz.
3) Beri kel-chi, bolam.
Sifatlarni vazifadosh koʻmakchilardan farqlash
№
Turkum
Izoh
Misollar
1
Vazifadosh
koʻmakchi
muvofiq, doir, qarshi, boshqa, oʻzga,
boʻlak kabi soʻzlar joʻnalish (-ga) va
chiqish kelishigi (-dan) ni olgan
soʻzlardan keyin kelsa va oʻzidan
oldingi soʻz bilan umumiy bitta
soʻroqqa javob boʻlib, bitta gap boʻlagi
vazifasini
bajarsa,
vazifadosh
koʻmakchi hisoblanadi.
1) Va‘daga muvofiq ish
tutmoq lozim.
2) Sendan boshqa hech
kimga ishonmayman.
174
2
Sifat
muvofiq, doir, qarshi, boshqa, oʻzga,
boʻlak kabi soʻzlar oʻzi yakka kelsa va
alohida soʻroqqa javob boʻlsa, sifat
hisoblanadi.
1) Muvofigʻini tanlab
ol.
2)
Boshqaga
ishonmayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |