2
Ravish
Avval, oldin, ilgari, keyin, soʻng, beri
kabi soʻzlar oʻzi yakka kelsa va
alohida soʻroqqa javob boʻlsa, ravish
hisoblanadi.
1) Avval oʻyla, keyin
soʻyla.
2)
Keyin
u
yoqqa
oʻtamiz.
3) Beri kel-chi, bolam.
YORDAMCHI SOʻZLAR
So‗zlar ma‘lum so‗roqqa javob bo‗lishi yoki bo‗lmasligi, atash ma‘nosining
mavjudligi yoki mavjud emasligiga, gapda ma‘lum gap bo‗lagi vazifasida kelish-
kelmasligiga ko‗ra mustaqil va yordamchi so‗zlarga bo‗linadi.
Fe‘l, ot, sifat, son, ravish, olmoshlar ma‘lum bir so‗roqqa javob bo‗ladi.
Ularning barchasi, olmoshlardan tashqari, atash ma‘nosiga ega. Ot borliqdagi shaxs-
narsalarning, voqea-hodisalarning nomini, fe‘l harakat-holatini, sifat va ravish
belgilarini, son miqdorini ataydi, nomlaydi.
Olmosh esa yuqoridagi so‗zlardan qaysisining o‗rnida kelsa, o‗shaning
ma‘nosiga ishora qiladi.
Atash ma‘nosiga ega bo‗lgan so‗zlar yoki ular o‗rnida qo‗llanib, ma‘lum
so‗roqlarga javob bo‗luvchi va gapda ma‘lum gap bo‗lagi vazifasida keluvchi so‗zlar
mustaqil so„zlar sanaladi.
Atash ma‘nosiga ega bo‗lmagan, ma‘lum so‗roqqa javob bo‗lmaydigan, gap
bo‗lagi vazifasida kelmaydigan so‗zlar yordamchi so„zlar hisoblanadi.
Yordamchi so‗zlar mustaqil so‗zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog‗lash,
ularning ma‘nolariga qo‗shimcha ma‘no yuklash vazifalarini bajaradi.
Yordamchi so‗zlarga ko„makchi, bog„lovchi va yuklamalar kiradi.
171
Mustaqil va yordamchi soʻzlarning farqi
№
Guruh
Turkumlar
Xususiyatlari
1
Mustaqil
soʻzlar
fe‘l, ot, sifat, son,
ravish, olmosh
1) atash ma‘nosiga ega yoki atash
ma‘nosiga ega soʻzlarning oʻrnida
qoʻllanadi;
2) ma‘lum soʻroqqa javob boʻladi;
3) gapda biror gap boʻlagi vazifasini
bajaradi.
oʻqimoq, kitob,
qiziqarli, oʻn, tez, bu
2
Yordamchi
soʻzlar
koʻmakchi,
bogʻlovchi, yuklama
1) atash ma‘nosiga ega emas;
2) ma‘lum soʻroqqa javob boʻlmaydi;
3) gapda biror gap boʻlagi vazifasini
bajarmaydi.
uchun, va, hatto
Do'stlaringiz bilan baham: |