Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   310
Vazifadosh koʻmakchilar 
№ 
Asl turkumi 
Koʻmakchilar 

Otdan oʻtgan vazifadosh 
koʻmakchilar 
ost, yon, ust, old, orqa, ro‗para, oʻrta, qosh, 
maqsadida 

Fe‘ldan oʻtgan vazifadosh 
koʻmakchilar 
bo‗ylab, qarab, ko‗ra, deya, deb, atab, 
qaraganda, qaramay 

Ravishdan oʻtgan vazifadosh 
koʻmakchilar 
oldin, avval, ilgari, keyin, soʻng, beri, buyon, 
tashqari, asosan

Sifatdan oʻtgan vazifadosh 
koʻmakchilar 
muvofiq, doir, qarshi, boshqa, oʻzga, boʻlak 
Vazifadosh koʻmakchilarni mustaqil soʻz turkumlaridan farqlash lozim.
Otdan va fe‘ldan oʻtgan soʻzlar vazifadosh koʻmakchi boʻlib kelganda oʻz 
lugʻaviy ma‘nosini butunlay yoki qisman yoʻqotadi, asl ma‘nosini ifodalamaydi. 
Solishtiring: 


173 
Mustaqil soʻz 
Vazifadosh koʻmakchi 
Kitob stol ustida turibdi. (stolning usti 
mavjud) 
Usmon Nosir o‗z ustida ko‗p ishlardi. 
(oʻz ustida ishlab boʻlmaydi) 
Bu nuroniy otaxonning hatto qoshiga 
ham oq tushgan edi. (qoshiga oq tushishi 
mumkin) 
Birovlarning qoshida uyalib qolma. 
(qoshida uyalish mumkin emas) 
Qoʻshnisining uyiga devordan boʻylab 
qaradi. (devordan boʻylab qarash 
mumkin) 
Daryo boʻylab ketdi. (daryoni boʻylab 
boʻlmaydi) 
Binoga old tomondan qaraganda juda 
mahobatli koʻrinadi (qarash ma‘nosi 
saqlangan) 
Olimjonga qaraganda ukasi chaqqonroq. 
(qarash ma‘nosi emas, taqqoslash 
ma‘nosi ifodalangan) 
Ravishdan va sifatdan oʻtgan soʻzlar esa vazifadosh koʻmakchi boʻlib kelganda 
ham oʻz lugʻaviy ma‘nosini saqlab qoladi. Shu sababli ravish va sifatlar vazifadosh 
koʻmakchilardan biroz boshqacharoq jihat bilan farqlanadi. Solishtiring: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling