1-misol. Yordamchi soʻzlar ajratib koʻrsatilgan.
1. Polvonning qo‗li kuch bilan o‗ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga
siljitolmasdi. (Said Ahmad) 2. Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy,
urdu, xitoy, mo‗g‗ul va boshqa tillardagi so‗zlardan ham mahorat bilan foydalangan.
(O„. Hoshimov)
KOʻMAKCHILAR
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‗zga
bog‗lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so‗zlar
ko„makchi hisoblanadi.
2-misol.
1. Ish bilan ovora bo‗lib, kunning o‗tganini ham bilmay qolasan kishi. (Z.
Fatxullin) 2. Qish qo‗ynidan baxt singari yoz uchib kelur. (Mirtemir) 3. Men ham siz
tufayli bu kasbga mehr qoʻyganman. 4. Ahmadjon oʻqish uchun shaharga keldi. 5.
Podshoh uni yolgʻon soʻzlagani uchun jazolatibdi.
Sof ko‗makchilar bilan bir qatorda ayrim so‗zlar ko‗makchi vazifasida
qo‗llanadi va ular vazifadosh ko„makchilar sanaladi.
SOF KO„MAKCHILAR
Atash ma‘nosini tamoman yo‗qotgan va faqat o‗zi birikkan so‗zni boshqa
so‗zga tobelantirib bog‗lash uchun xizmat qiladigan ko‗makchilar sof ko„makchilar
sanaladi. Bilan, sari, sayin, uchun, kabi, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida,
boʻyicha kabi ko‗makchilar shular jumlasidan.
3-misol. Sof koʻmakchilar ajratib koʻrsatilgan.
1. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. (R. Isoqov) 2. Temur tig‗i
yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. (A. Oripov) 3. Halollik buyuklik sari
dastlabki qadamgina bo‗lib qolmay, buyuklikning ayni o‗zidir. 4. Saida bu haqda
bundan ortiq gapirishni lozim ko‗rmadi. (Abdulla Qahhor) 5. Qog‗oz oq bo‗lgani
Do'stlaringiz bilan baham: |