175
KO„MAKCHILAR VA QO„SHIMCHALAR
MA‟NODOSHLIGI
-dek qo‗shimchasi
narsa-hodisa, belgi-xususiyatga o‗xshatishni
ifodalaydi va
shu ma‘noda
kabi, singari, yanglig„ ko‗makchilari bilan ma‘nodoshlikni hosil qiladi.
Jo‗nalish kelishigi qo‗shimchasi yo‗nalish ma‘nosida
tomon, bo„ylab
ko‗makchilari bilan ma‘nodoshdir. Shuningdek, koʻmakchilar yana bir qator kelishik
shakllari bilan ma‘nodosh boʻlib, almashinib qoʻllanishi mumkin.
Kelishik shakllari va koʻmakchilar ma‟nodoshligi
№
Ma‟nodosh birliklar
Misollar
1
-ga – sari / tomon
Maktab
ga ketmoq – maktab
sari / tomon ketmoq
2
-ga – uchun
Onam
ga oldim. – Onam
uchun oldim.
3
-ga – tufayli / sababli
Oʻqimagani
ga afsuslandi. – Oʻqimagani
tufayli
afsuslandi.
4
-da – bilan
Qalam
da yozmoq – qalam
bilan yozmoq.
5
-da – orqali
Telefon
da
gaplashmoq
–
telefon
orqali
gaplashmoq.
6
-dan – haqida
Gulnor Nurining oʻz
oilasidagi voqealardan
soʻzladi. – Gulnor Nurining oʻz oilasidagi voqealar
haqida soʻzladi.
7
-dan – uchun / tufayli /
sababli
Uyalgani
dan bir zumda qizarib-boʻzarib ketdi. –
Uyalgani
uchun bir zumda qizarib-boʻzarib ketdi.
8
-ni – haqida
Boshimdan oʻtkazganlarim
ni soʻzlab berdim. –
Boshimdan oʻtkazganlarim
haqida soʻzlab berdim.
KO„MAKCHILAR BILAN BIRGA KELGAN
SO„ZLARNING SHAKLLARI
Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin, bo„ylab kabi ko‗makchilar, asosan,
bosh kelishik shaklidagi ismlarga qo‗shiladi.
Ko„ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi ko‗makchilar jo‗nalish
kelishigi (-ga) shaklidagi ismlarga qo‗shiladi.
Tomon ko‗makchisi bosh va jo‗nalish kelishigi (-ga)
shaklidagi ismlarga
qo‗shiladi.
Keyin, bo„lak, boshqa, o„zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval kabi
ko‗makchilar chiqish kelishigi (-dan) shaklidagi ismlarga qo‗shiladi.
Old, ost, ust singari vazifadosh ko‗makchilar qaratqich kelishigi (-ning)
shaklidagi ismlarga qo‗shiladi. Bunday hollarda ba‘zan kelishik qo‗shimchasi
qo‗llanmasligi ham mumkin.
6-misol.
Sen bilan, oy kabi, gul singari, o‗qish uchun, borgan sari, o‗qigan sayin, daryo
bo‗ylab, aytishi
ga ko‗ra, shun
ga qaramay, mehnati
ga yarasha, qaror
ga asosan,
hayot
ga doir, o‗qish
dan so‗ng, tush
dan keyin, va‘da
ga muvofiq, bun
dan bo‗lak.
176
BOGʻLOVCHILAR
Ikki va undan ortiq gap bo‗lagi yoki qo‗shma gap
tarkibidagi sodda gaplarni
o‗zaro bog‗lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‗zlarga
bog„lovchi deyiladi.
Masalan:
va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo... yo, dam... dam, goh... goh singari.
Do'stlaringiz bilan baham: