Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


SOʻZLARNI QOʻSHISH ORQALI RAVISH YASALISHI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   310
SOʻZLARNI QOʻSHISH ORQALI RAVISH YASALISHI. 
QOʻSHMA RAVISHLAR 
 
 
Soʻzlarni qoʻshish orqali yasalgan ravishlar qoʻshma ravishlar deyiladi. 
Qoʻshma ravishlar asosan ajratib yoziladi. 
Qoʻshma ravishlar, asosan, quyidagicha yasaladi: 
1) har soʻziga kun, payt, vaqt, lahza, on, zamon, gal, dam, yerda, joyda kabi 
soʻzlarni qoʻshish bilan. Masalan: har kuni, har vaqt, har lahza, har on, har zamon, 
har gal, har dam, har yerda, har joyda. 
 
Eslatma: Agar har soʻzi kim, nima, qayer, qachon kabi soʻroq olmoshlariga 
qoʻshilsa, ravish emas, belgilash olmoshlari hosil boʻladi: har kim, har nima, har 
qayer, har qachon. 
2) hech soʻziga vaqt, zamon, yerda, joyda kabi soʻzlarni qoʻshish bilan. 
Masalan: hech vaqt, hech yerda, hech joyda. 
 
Eslatma: Agar hech soʻzi kim, nima, qayer, qachon kabi soʻroq olmoshlariga 
qoʻshilsa, ravish emas, boʻlishsizlik olmoshlari hosil boʻladi: hech kim, hech nima
hech qayer, hech qachon. 


167 
3) bir soʻziga kun, payt, vaqt, lahza, zamon, dam, yerda, joyda kabi soʻzlarni 
qoʻshish bilan. Masalan: bir kuni, bir payt, bir vaqt, bir lahza, bir zamon, bir dam, bir 
yerda, bir joyda. 
Eslatma: Agar bir soʻzi nima, narsa kabi soʻzlarga qoʻshilsa, ravish emas, 
gumon olmoshlari hosil boʻladi: bir nima, bir narsa.
4) u, bu, shu, oʻsha olmoshlariga kun, payt, vaqt, lahza, zamon, on, dam, 
yerda, joyda kabi soʻzlarni qoʻshish bilan. Masalan: shu kuni, shu payt, shu vaqt, shu 
lahza, shu zamon, shu on, shu dam, u yerda, bu yerda, oʻsha yerda, bu joyda.
SOʻZLARNI JUFTLASH VA TAKRORLASH ORQALI RAVISH 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling