Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
BOʻLISHSIZLIK OLMOSHLARI
So‗roq olmoshlari va bir, narsa, nima so‗zlari oldidan hech so‗zining qo‗llanishi natijasida bo„lishsizlik olmoshlari hosil bo‗ladi. Hech kim, hech nima, hech qachon, hech qaysi, hech qayer, hech qanday, hech qancha, hech narsa, hech bir so‗zlari bo‗lishsizlik olmoshlari sanaladi va ular yozuvda ajratib yoziladi. Hech soʻzi faqat soʻroq olmoshlari va bir, narsa soʻzlariga qoʻshilib, boʻlishsizlik olmoshlarini hosil qiladi. Agar bu soʻz aniq paytni va oʻrinni bildiruvchi 163 vaqt, payt, yerda, yoqqa, joyda kabi soʻzlarga qoʻshilsa, boʻlishsizlik olmoshlari emas, yasama ravishlar hosil boʻladi. Masalan: hech vaqt, hech yerda, hech joyda, hech yoqqa. Shuningdek, hech soʻzi oʻzi yakka kelganda inkor yuklamasi hisoblanadi. Masalan: Hech oʻyladingmi: qishloqda shuncha ishlar boʻlib oʻtdi. 9-misol. Boʻlishsizlik olmoshlarining tagiga chizilgan. 1. Moziylar sasiga quloq tutgum jim, ustun bo‗lgan emas dunyoga hech kim. (I. To„xtamishev) 2. Haqing berma hech kimga, urho-yo, urho. (I. To„xtamishev) 3. Hammasi joyida, do‗stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman. (P. Qodirov) Hech bandaning boshiga farzand dog‗ini solmasin ekan. (O„. Hoshimov) 4. Yo‗q, xo‗jayin, qorin to‗q. Hech nima yegim kelmay turibdi. (G„afur G„ulom) 5. Hozir ham hech kim o‗z ismimni aytmaydi, «Ulfat» deyishadi. (Ulfat) 6. Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali. (Cho„lpon) 7. Hech qanday kishini, xoh u tirik bo‗lsin, xoh u vafot etgan bo‗lsin, yomon so‗zlar bilan kamsitib gapirmaslik kerak. (Muhammad Husayn) 8. U haqda hech qanaqa xat-xabar yo‗q. (G„afur G„ulom) 9. Kim o‗z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. (J. Bayron) 10. Quruq gapning o‗zi hech qachon lo‗nda dalil bo‗la olmaydi. (Ibn Sino) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling