Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   310
BELGILASH OLMOSHLARI 
Har so‗zi so‗roq olmoshlariga, bir so‗ziga qo‗shilib to‗pdan ajratilgan shaxs, 
narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi. 
Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakatlarni 
jamlab ifodalaydi. 


162 
Demak, to‗pdan ajratilgan yoki jamlab ko‗rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-
holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi. 
Belgilash olmoshining turlari 
№ 
Ma‟no turi 
Izoh 
Olmoshlar 

Jamlovchi 
belgilash 
olmoshlari 
Shaxs, narsa-predmet, 
belgilarni jamlab, toʻdalab 
ifodalaydi. 
hamma, barcha, bari, jami, 
jamiyki, yalpi, butun. 

Ajratuvchi 
belgilash 
olmoshlari 
Shaxs, narsa-predmet, 
belgilarni ajratib, yakkalab 
ifodalaydi. 
har kim, har nima, har qaysi, 
har qayer, har qachon, har 
qancha, har bir, har narsa. 
Har soʻzi faqat soʻroq olmoshlari va bir, narsa soʻzlariga qoʻshilib, belgilash 
olmoshlarini hosil qiladi. Agar bu soʻz aniq paytni va oʻrinni bildiruvchi kun, vaqt, 
lahza, yerda, yoqqa, joyda kabi soʻzlarga qoʻshilsa, belgilash olmoshlari emas
yasama ravishlar hosil boʻladi. Masalan: har kuni, har vaqt, har lahza, har on, har 
dam, har fursatda, har doim, har gal, har yili, har yerda, har joyda, har yoqqa. 
Butun soʻzi belgilash olmoshi va sifat boʻlib kelishi mumkin. Uning qaysi 
turkumga mansubligi quyidagicha aniqlanadi: 
1) Butun soʻzi jamlik ma‘nosini bildirsa va hamma, barcha, bari, jami 
olmoshlaridan biri bilan almasha olsa, belgilash olmoshi hisoblanadi. Masalan:
butun e‟tiborini mana shu loyihaga qaratgan. Butun xalq yopirilib Katta Fargʻona 
kanalini qaziydi. 
 
2) Butun soʻzi «siniq emas» yoki «yarimta emas» ma‘nosini bildirsa, sifat 
hisoblanadi. Masalan: Butun idishlarni siniqlaridan ajratib olib, yashiklarga joyladik. 
8-misol. Belgilash olmoshlarining tagiga chizilgan. 
1. O‗g‗limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir. (A. 
Qodiriy) 2. Hamma perronda. Hamma o‗z jigarini qidiradi. (Said Ahmad) 3. Barcha 
shodlik senga bo‗lsin, bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha 
xushtorlik menga. (E. Vohidov) 4. Dildorning bari gaplari haqiqat edi. (Said Ahmad) 
5. Ulug‗ ajdodlarimiz ilm-u ma‘rifatlari bilan ham butun olamni fath etganlar. 
(Sirojiddin Sayyid) 6. Bog‗imizda uzumning hamma xilidan bor edi. (M. Qoriyev) 7. 
Har qaysi millatning o‗ziga xos ma‘naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech 
shubhasiz, oilaning o‗rni va ta‘siri beqiyosdir. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling