Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


OLMOSHLARNING TUZILISHIGA KO„RA TURLARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   310
OLMOSHLARNING TUZILISHIGA KO„RA TURLARI. 
SODDA OLMOSHLAR 
Olmoshlar tuzilishiga ko‗ra sodda, qo‗shma, juft va takroriy bo‗ladi. 
Faqat bir asosdan iborat bo‗lgan olmoshlar sodda olmoshlar hisoblanadi. 
Kim?, nima?, hamma, barcha singari tub olmoshlar, kimdir, qaysidir, allakim, 
allaqanday singari yasama olmoshlar sodda olmoshlardir. 
Boʻlishsizlik olmoshlaridan tashqari olmoshning barcha ma‘no turlari tarkibida 
sodda olmoshlar mavjud. 
QOʻSHMA OLMOSHLAR 
Ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo‗shma olmoshlar hisoblanadi. 
Qo‗shma olmosh 
qismlari ajratib yoziladi: hech kim, hech qachon, har bir, har kim, mana shu, ana 
o„sha.
Qoʻshma olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda yasama soʻz 
sanalmaydi. 
Boʻlishsizlik olmoshlarining barchasi qoʻshma olmoshlardir. 
Qoʻshma olmoshlar 
№ 
Ma‟no turi 
Olmoshlar 

Koʻrsatish 
olmoshlari 
mana shu, mana bu, mana oʻsha, ana bu, ana shu, ana 
oʻsha

Belgilash olmoshlari har kim, har nima, har qaysi, har qancha, har bir, har narsa 

Boʻlishsizlik 
olmoshlari 
hech kim, hech nima, hech narsa, hech qaysi, hech bir, 
hech qanaqa 


164 

Gumon olmoshlari 
bir kishi, bir nima, bir narsa 
JUFT OLMOSHLAR 
Bir-biriga mazmunan yaqin bo‗lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo‗lgan 
olmoshlar juft olmoshlar sanaladi: sen-men, u-bu, siz-biz
Juft olmoshlar 
№ 
Ma‟no turi 
Olmoshlar 

Kishilik olmoshlari 
Sen-u men, siz-u biz 

Koʻrsatish olmoshlari 
u-bu, ul-bul 
TAKRORIY OLMOSHLAR 
Bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo‗lgan olmoshlar takroriy 
olmoshlar hisoblanadi: shu-shu, nima-nima, kim-kim va hokazo. 
Juft va takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilan yoziladi. 
Olmoshlar boshqa so‗zlarning yasalishiga asos bo‗lishi mumkin. 
O„zboshimcha, o„zbilarmon, manman kabilar sifat, o„zidan ketmoq, o„ziga kelmoq 
iboralar sanaladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling