Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


№  Koʻrsatish olmoshiga egalik


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   310
№ 
Koʻrsatish olmoshiga egalik 
qoʻshimchasining qoʻshilishi 
Koʻrsatish olmoshiga tushum 
kelishigining qoʻshilishi 

shunisi → shu + i + si 
shuni → shu + ni 

bunisi → bu + i + si 
buni → bu + ni 

unisi → u + i + si 
uni → u + ni 

oʻshanisi → oʻsha + i + si 
oʻshani → oʻsha + ni 
Izoh 
shu, bu, u, oʻsha olmoshlariga -i, 
-si egalik qoʻshimchalari ikki 
marta ketma-ket qoʻshilgan va bir 
«n» ortgan. 
shu, bu, u, oʻsha olmoshlariga -ni tushun 
kelishigi shakli qoʻshilgan va hech 
qanday fonetik hodisa kuzatilmagan. 
Shu payt, shu vaqt, shu lahza, shu on, shu kuni, shu dam, shu yerda, shu tobda, 
bu yoqqa, u yoqqa, bu yerda kabi soʻzlar yaxlit qoʻshma ravishlar sanaladi va 
ularning tarkibidagi olmoshlar alohida koʻrsatish olmoshi sifatida ajratilmaydi. 
Masalan: Shu payt uning xayoliga kutilmagan bir fikr keldi gapida faqat bitta olmosh 
mavjud: uning. Shu payt esa yaxlit qoʻshma ravish hisoblanadi. 
2-misol. Koʻrsatish olmoshlarining tagiga chizilgan. 
1. Bu cholni butun yurt izzat qilardi. (Said Ahmad) 2. Hovlini supurish, idish-
tovoqlarni yuvish o‗shaning bo‗ynida. (X. To„xtaboyev) 3. Bu tushmi yo xayol, bu na 
turli kuy, Qayerdan bu qadar qushlar sayrashi? (Zulfiya) 4. Tog‗asining shu odati 
sabab o‗g‗li Haydar ham, qizi Tohira ham bu xonadondan bezib ketishdi. (O. 
Yoqubov) 5. G‗azab shunday bir daraxtki, mevasi pushaymonlikdan iborat. 
(Samandar Termiziy) 6. Dunyoda yagona tilagim shuki, Yaxshi nomingizga g‗ubor 
tushmasin. (Mirtemir) 
3-misol. Koʻrsatish olmoshlarining tagiga chizilgan. 
1. Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang. (Abdulla Qahhor) 2. 
Men xalq oldida sizning iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo‗ldim. 
(Oybek) 3. U bunday jur‘atni va hayotiy tasavvurni eng avval ota-onasining 
muhabbatidan olishi kerak edi. (P. Qodirov) 4. – Bunaqa narsa menga ta‘sir qilmaydi, 
– dedi Mastura. (Abdulla Qahhor) 5. Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz? (Abdulla 
Qahhor) 6. Kitobi bor uyning oftobi bor. Bunday uyning ostonasidan jaholat 
hatlamaydi. (Qo„chqor Norqobil)

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling