1-misol.
1. Qizchaga biror narsa bo‗lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga
qarab yugurdi.
(L. Bat) 2. Men Navoiy asarlarini sevib oʻqiyman, ulardan ulkan ibrat olasiz. 3.
Asosiy maqsadim shuki, oʻz soham boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlmoqchiman.
Olmoshning ma‟no turlari
№
Turlari
Olmoshlar
1
Kishilik olmoshlari
men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular
2
O‗zlik olmoshi
o„z
3
Ko‗rsatish olmoshlari
bu, shu, u, o„sha, ana, mana, mana bu, mana shu,
manavi, anovi
4
So‗roq olmoshlari
kim? nima? qayer? qanaqa? qaysi? qalay? qancha?
necha? nega?
5
Belgilash olmoshlari
hamma, barcha, bari, har bir, har nima, har narsa, har
qanday, har qaysi, ba‟zi
6
Bo‗lishsizlik
olmoshlari
hech kim, hech narsa, hech qachon, hech qanaqa, hech
qaysi
7
Gumon olmoshlari
kimdir, nimadir, allakim, allaqanday, qaysidir,
allanarsa, allaqancha, allaqaysi
KO„RSATISH OLMOSHLARI
Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‗z, so‗z birikmasi o‗rnida qo‗llanib, unga
ishora qiluvchi yoki biror so‗zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko„rsatish olmoshlari
hisoblanadi.
So‗z ma‘nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‗zi aniqlayotgan so‗zdan oldin
qo‗llanadi. Masalan: Bu daftar meniki.
Bu, shu, u, o„sha, ana, mana, ushbu, mazkur, ayni, mana bu, mana shu, ana bu,
ana shu, manavi, anovi kabi so‗zlar ko‗rsatish olmoshlari sanaladi.
156
Koʻrsatish olmoshlari, asosan, ot oldidan kelib, «qaysi?» soʻrogʻiga javob
boʻlsa, soʻz ma‘nosini aniqlab keladi. Masalan: Bu kishi mening akam. Oʻsha voqeani
bir boshidan aytib bering.
Agar koʻrsatish olmoshlari «kim?» yoki «nima?» soʻrogʻiga javob boʻlsa, soʻz
ma‘nosini aniqlagan emas, ishora qilgan boʻladi. Masalan: Bu – mening akam.
Oʻshani bir boshidan aytib bering.
Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi.
Ba‘zan bu olmoshlar og‗zaki nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va
shunday yozilishi mumkin.
Ba‘zi ko‗rsatish olmoshlariga egalik va jo‗nalish,
o‗rin-payt, chiqish kelishigi qo‗shimchalari qo‗shilganda, «n» tovushi orttiriladi:
shu+n+ga, bu+n+da, bu+n+ im, o„sha+n+ga kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |